Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi

2025-yil 1-mart kuni Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu uchrashuv Koreys Milliy Markazi tomonidan o‘tkazildi va unda uch avlod vakillari – nuroniylar, koreys millati jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

👉Batafsil o'qish

#Nurafshon #KoreysMilliyMarkazi #UchAvlodUchrashuvi #MilliyMeros #KoreysMillatiJamoasi #PQ92Qarori #YoshlarVaAvlodlar #MehnatQahramonlari #Tadbir #O'rtaChirchiq #MadaniyMeros #AvlodlararoAloka #Do'stlik #KoreysMeros

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Nurafshon shahar hokimligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri G.Eruvbayeva va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A.Ergashovlar tomonidan shahar umumta'lim maktablarida elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida o‘qituvchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, OneID tizimi orqali kirish va pullik xizmatlar uchun chegirmalar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, my.gov.uz portalidagi "Axborot va aloqa" va "Fuqarolik" sohalariga oid xizmatlar amaliy namoyish etildi.

Tadbir o‘qituvchilar va maktab xodimlariga raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilimlar berdi.

#Nurafshon #RaqamliIqtisodiyot #ElektronXizmatlar #YagonaPortal #OneID #mygovuz #OquvSeminari #RaqamliHukumat #O'qituvchilar #Ta'lim #FuqarolikXizmatlari #AxborotAloqa #RaqamliXizmatlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Kun tartibidagi dolzarb masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

📌 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov raisligida shahar sektor rahbarlari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida "Hokimlik soati" yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tanqidiy-tahliliy tarzda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Toshkent viloyati hokimi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etib, aholiga tender asosida zovur yoqalarini bo‘lib berish, o‘rdak parvarishlash texnologiyasi borasidagi ijobiy tajribalarni joriy qilish, PQ-1-sonli qarorining mahallalardagi ijrosi, quyosh panellarini o‘rnatish, kommunal to‘lovlardan qarzdorliklarni undirish, yashil makon umummilliy loyihasi kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

⚡️ Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar muhokama qilinib, har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 1 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 2 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Nurafshon shahar gaz ta'minoti xodimlari gaz taqsimlash punktlarini doimiy nazoratda ushlab, aholiga meyorida gaz yetkazib berishni ta'minlamoqda. Gaz bosimi tushib ketishining oldini olish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

#Nurafshon #GazTaminoti #Xavfsizlik #GazBoshimi #Ta'minot #YaxshiXizmat #MuntazamNazorat

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt