Nurafshon shahri hokimligi
3.15K subscribers
48.6K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida Toshkent yo‘li bo‘yida gul ko‘chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashil makon loyihasi doirasida Toshkent yo'li ko'chasida gul ko'chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda.

Ushbu tashabbus shaharning obodonlashuvi va atrof-muhitni yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek, shaharga chiroy va yashillik olib keladi.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #GulKo‘chatlari #ToshkentYo‘li #Nurafshon #TabiatniMuhofazaQilish #ShaharObodonlashuvi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Bobur mahallasida SIP kabelga ulash ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan Bobur mahallasidagi xonadonlarni zamonaviy va ishonchli SIP kabelga ulash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, iste’molchilarga uzluksiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda. Yangilanayotgan tarmoqlar elektr energiyasidan samarali foydalanish imkonini berib, xavfsizlik darajasini ham oshiradi.

#NurafshonElektr #BarqarorTa’minot #SIPKabel #SifatliXizmat

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi 48-maktabda ezgu an’anaga aylangan "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir yoshlar, nuroniylar va shahar faollari o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yosh avlodga kerakli maslahatlar berish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar prokuror o‘rinbosari A.Olimov, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Ahmedqulov, shahar IIB rahbar o‘rinbosarlari Sh.Tilavov va S.Kubekbayev, mahalla uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda Oqila ayollar harakati rahbari K.Rasulova ishtirok etdilar. Shuningdek, tadbirda mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ham qatnashdi.

👉Batafsil o'qish

#UchAvlodUchrashuvi #Nurafshon #YoshlarVaNuroniylar #TajribaAlmashinuvi #KelajakUchun

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 122 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 7 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 16 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 5 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1