Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
“Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi hamshirasi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z malakalarini namoyish etib, sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shgan hissalarini taqdim etdilar.

Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari o‘z chiqishlari bilan ko‘rik-tanlovga ko‘ngilochar va jozibador tus berdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni terapiya bo‘limi hamshirasi Z. Qo'ziboyeva, 2-o‘rinni KTM bo‘limi hamshirasi M. To'xtayeva, 3-o‘rinni esa ginekologiya bo‘limi katta hamshirasi X. Boyeva egalladi.

G‘oliblar va ishtirokchilar Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#Ko'rikTanlov #YilningEngYaxshiHamshirasi #SogliqniSaqlash #Nurafshon #Tibbiyot #Hamshira #Tanlov #G‘oliblar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍5🔥1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

f.110/35/6 kV PS O'rta Chirchiq T-2 16000 kV transformatorga o'rnatilgan yangi KRUN-6 kVda tarmoqqa ulash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
📌Obod MFY;
📌Ma'rifat MFY;
📌Bobur MFY;
📌Dehqonobod MFY;
📌Degantepa MFY aholi va ulgurji iste’molchilarida

O'rta Chirchiq tumanining
Obod;
Qaytmas;
Yuqori ovul;
O'rta ovul;
Mayramko'l;
Yangilik;
Jang'abay;
Galabotir;
Arg'in-Sada MFYlari aholi va ulgurji iste’molchilarida 2025-yil 12-mart kuni soat 11:00 dan 14:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.

Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🚒🔥

Nurafshon shahrida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida musobaqaning shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, Shahar sport maktabi, Sog‘liqni saqlash bo‘limi, Yoshlar ishlari bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

📍 Bellashuvlarda shahrimizning har bir maktabidan kelgan jamoalar o‘z mahoratini namoyish etib, o‘zaro qizg‘in kurash olib bordi. Musobaqa yosh avlodning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, jamoaviy ruhni shakllantirish va Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏆 G‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib etdi:
🥇 1-o‘rin — 10-maktab
🥈 2-o‘rin — 4-maktab
🥉 3-o‘rin — 48-maktab

🎁 G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga muvaffaqiyat va kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz!

#Nurafshon
#YoshQutqaruvchi
#FavquloddaVaziyatlar
#Vatanparvarlik

Telegram Facebook Instagram
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 🌿🏗

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarda tartib o‘rnatish hamda atrof-muhitni obod qilish ishlari izchil davom etmoqda.

#Nurafshon_shahar #Obodonlashtirish #Toza_va_obod_mahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt