Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.77K videos
64 files
14K links
Download Telegram
“Yosh qutqaruvchi” musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🚒🔥

Nurafshon shahrida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida musobaqaning shahar bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, Shahar sport maktabi, Sog‘liqni saqlash bo‘limi, Yoshlar ishlari bo'limi hamkorligida tashkil etildi.

📍 Bellashuvlarda shahrimizning har bir maktabidan kelgan jamoalar o‘z mahoratini namoyish etib, o‘zaro qizg‘in kurash olib bordi. Musobaqa yosh avlodning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, jamoaviy ruhni shakllantirish va Vatanga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

🏆 G‘oliblik quyidagi jamoalarga nasib etdi:
🥇 1-o‘rin — 10-maktab
🥈 2-o‘rin — 4-maktab
🥉 3-o‘rin — 48-maktab

🎁 G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalarga muvaffaqiyat va kelgusi bellashuvlarda omad tilaymiz!

#Nurafshon
#YoshQutqaruvchi
#FavquloddaVaziyatlar
#Vatanparvarlik

Telegram Facebook Instagram
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 🌿🏗

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarda tartib o‘rnatish hamda atrof-muhitni obod qilish ishlari izchil davom etmoqda.

#Nurafshon_shahar #Obodonlashtirish #Toza_va_obod_mahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ваканция 05.03.2025 йил.xlsx
51 KB
Mavjud bo'sh ish o'rinlari to‘g‘risida ma'lumot
(2025 yil 5-mart holatiga).


Eslatib o‘tamiz mazkur bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagida bo‘lsangiz Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilib, yo‘llanma olish tavsiya etiladi.
Ushbu yo‘llanma sizni ishga joylashishingizga asos bo‘ladi.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan noto'g'ri telefon raqamlari berilganligi holatlari aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlarga tushuntirish ishlari olib borilib, qonuniy choralar ko'rilmoqda.

Mazil: Nurafshon shahri Qumariq MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi 1-uy
Mo‘ljal "Sada market" do‘koni yonida.

Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rasmiy saxifalari

Telegram | Facebook | Instagram | Xorijda ish
👍1
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt