Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Maktablardagi o‘quvchilar davomati o‘rganildi

📌 Nurafshon shahridagi 9-maktabda o‘quvchilarning dars jarayonlariga qatnashishi va davomati o‘rganildi.

🔹 Ushbu jarayonda shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova hamda Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i F.Sultonov ishtirok etib, o‘quvchilarning davomati, darslarga qatnash faolligi va ta’lim sifati bo‘yicha monitoring olib bordilar.

🎯 O‘quv jarayonining samaradorligini oshirish va bolalarning muntazam ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tegishli tavsiyalar berildi.

#MaktabDavomati #Ta’limTaraqqiyoti
#NurafshonShahri #O‘quvchilarFaolligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus shaharni yanada obod va yashil maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan.

Shahar hokimi I. Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishib, ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Nurafshon #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #Obodonlashtirish #AtirgullarShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Qumariq MFY hududida obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hududni yanada ko‘rkam va ozoda qilish maqsadida daraxtlar oqlanib, yerlar yumshatilmoqda.

Mazkur ishlar atrof-muhitni yanada yashil va shinam qilish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #QumariqMFY #TabiatgaE'tibor

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Nurafshon shahrining asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari raqamlarda

✔️2025- yilning yanvar oyida Nurafshon shahrida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 131,4 mlrd so‘mga yetdi va 2024- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 106,5 % ni tashkil etdi.

✔️ Nurafshon shahrida 201,1 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

✔️ 1 oy davomida hududda 43,2 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilgan.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
👍1