Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda gaz ta’minoti yaxshilanmoqda!

Nurafshon shahar gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari aholining uzluksiz gaz bilan ta’minlanishi uchun trubalar va uskunalarni tekshirib, ta’mirlash hamda profilaktik ishlarni olib bormoqda.

Tizimdagi xato va nuqsonlar aniqlanib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Aholiga xavfsizlik va ta’mirlash ishlari bo‘yicha muntazam ma’lumot berilmoqda.

Bu sa’y-harakatlar tufayli shahar gaz ta’minoti yanada ishonchli va xavfsiz bo‘ladi.

#Nurafshon #GazTa'minoti #Xavfsizlik #Ta’mirlash #IshonchliGaz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Hurmatli fuqarolar❗️

⚡️Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, joriy yilning 15-mart kunidan 15-aprel kunigacha Respublikamizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkaziladi.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar bo'limi shahrimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

📅 14-mart kuni Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanovning fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev, Xalq qabulxonasi rahbari T.Daniyarov, shuningdek, hokim o‘rinbosarlari, mahalla faollari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

🤝 Qabul davomida 15 dan ortiq fuqaro o‘z murojaati bilan qatnashdi. Moddiy yordam, kredit, ekin ekish uchun yer ajratish, kadastr, tibbiyot, ishga joylashish, uy-joy va kommunal xizmatlar bo‘yicha 22 ga yaqin murojaat bildirildi.

📌 Murojaatlar birma-bir muhokama qilinib, tegishli mutasaddilarga ularni hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Fuqarolarning masalalari nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

#FuqarolarQabuli #MurojaatlarNazoratda
#NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Respublikamiz hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlar hamda turli xil ko'ngilsiz vaziyatlarni sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida joriy yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar o'tkazilishi belgilangan “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig'ining o'rinbosari kapitan Turapov Zafarjon Zokirovich ishtirokida brifing.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1