Nurafshon shahar hokimligi
1.93K subscribers
34.8K photos
3.27K videos
46 files
10.3K links
Download Telegram
Давлатимиз раҳбари “Яшил макон” лойиҳаси доирасида кузги дарахт экиш мавсумини бошлаб берди. Чилонзор туманидаги Оқтепа ва Боғзор маҳаллаларига ташрифи чоғида жамоатчилик билан бирга кўчат экди.

Глава государства дал старт осеннему сезону посадки деревьев в рамках проекта "Яшил макон", посадив вместе с общественностью саженцы в ходе посещения махаллей Октепа и Богзор Чиланзарского района.

#Mirziyoyev #tanishuv #mahalla #Yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Давлатимиз раҳбари пойтахтимизнинг Сергели туманида ташкил этилаётган Ёшлар боғига кўчат ўтқазди.

Глава нашего государства посадил деревья в Парке молодежи, создаваемом в Сергелийском районе столицы.

#Mirziyoyev #Yashilmakon #bog #daraxt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (NURAFSHON TV)
#yashilmakon

NURAFSHON SHAHRIDA YASHIL MAKON LOYIHASI DAVOM ETTIRILMOQDA

📍NURAFSHON TV

🚀Telegram 📷Instagram
🎬YouTube 🔵Facebook
“Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bog‘i” tashkil etildi

🌱Bugun Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahalla yoshlarining maʼnaviyat bog‘i” barpo etildi.

Toshkent viloyatining o‘zida 8,5 gektar yer maydoniga 7 mingdan ziyod pavloniya, oqterak, gilos va boshqa turli manzarali daraxtlar ko’chatlarini ekish aksiyasida minglab yoshlar ishtirok etdi.

Loyiha Mahallalar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi hamda Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

🌳Keling, tabiatni asrashni – bir tup ko‘chat ekishdan boshlaylik.

#Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashilmakon
#OybekMFY

🌳🌱Nurafshon shahrida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Yashilmakon
#FVBNurafshon
#DegantepaMFY

Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari  “Yashil makon” umummilliy loyihasi ya’ni atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish,  ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shishmoqda.

Loyiha doirasida shaharning "Degantepa" mahallasi hududiga favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan 1000 ta terak daraxt koʻchatlari ekildi. Hududlarda  yashil maydonlar soni oshirishga qaratilgan kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon va Degantepa mahallalarida yashil makon dasturi doirasida hashar tashkil etildi

Nurafshon va Degantepa mahallalarida yashil makon dasturi doirasida hashar o‘tkazildi. Fuqarolar, yoshlar va jamoat vakillari birgalikda terak va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Ushbu tashabbus hududlarni yashil maydonlar bilan bezash, ekologik holatni yaxshilash va jamoatchilikni tabiiy resurslarni asrashga rag'batlantirishni maqsad qilgan. Ekilgan ko‘chatlar mahalla hududlarini go‘zal va salqin qilishga xizmat qiladi.

#YashilMakon #Hashar #Ekologiya #TabiatniAsrash #Ko‘chatEkilishi #YoshlarFaoliyati #Nurafshon #Degantepa #Ko‘chat #YashilKelajak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida Toshkent yo‘li bo‘yida gul ko‘chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Yashil makon loyihasi doirasida Toshkent yo'li ko'chasida gul ko'chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda.

Ushbu tashabbus shaharning obodonlashuvi va atrof-muhitni yaxshilashga xizmat qiladi, shuningdek, shaharga chiroy va yashillik olib keladi.

#YashilMakon #Obodonlashtirish #GulKo‘chatlari #ToshkentYo‘li #Nurafshon #TabiatniMuhofazaQilish #ShaharObodonlashuvi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilmoqda

Nurafshon shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus shaharni yanada obod va yashil maskanga aylantirish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan.

Shahar hokimi I. Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish jarayonlari bilan tanishib, ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

#Nurafshon #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #Obodonlashtirish #AtirgullarShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon yanada obod bo‘lmoqda!

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab "Yashil makon" loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilib, tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu tashabbus shaharning yanada go‘zal va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

#YashilMakon #ObodShahar #GulzorNurafshon #TabiatgaEhtirom #Ko‘kalamzorlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent yo‘li ko‘chasida atirgullar ekilmoqda! 🌿🌹

"Yashil makon" loyihasi doirasida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Bu tashabbus shaharni yanada go‘zal va yashil qilish, ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan. Tez orada bu hudud rang-barang atirgullar bilan bezanib, barchaga zavq bag‘ishlaydi!

Siz ham tabiatni asrash va obodonlashtirish ishlariga hissa qo‘shishni unutmang! 🌱

#YashilMakon #ObodShahar #TabiatniAsraylik #AtirgulBog‘i #ToshkentYo‘li #Ko‘chatEkim

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda "Yashil kelajak" bog'ida hashar tashkil qilindi.

🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida, hashar tashkil qilinib, Nurafshon shahridagi "Yashil kelajak" bog'ida Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko'chat ekish aksiyasi o'tkazildi.

Ushbu tadbirda yapon saforasi ko'chatlari ekilib, bog'ning yanada ko'rkam va ekologik jihatdan boy bo'lishiga hissa qo'shildi.

Bunday tashabbuslar shahrimizni yashil makonga aylantirish, aholining salomatligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Keling, birgalikda tabiatni asrab-avaylaylik va kelajak avlodlar uchun yashil muhit yaratishda faol ishtirok etaylik! 🌱🤝

#YashilMakon #YashilKelajak #Nurafshon #OilaVaXotinQizlar #Obodonlashtirish #YaponSaforasi #Ko'chatEkish #Ekologiya #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida hashar o‘tkazildi

Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar davomida "Yashil makon" loyihasi doirasida yerlar yumshatilib, ko‘chat va qalamchalar ekildi. Shuningdek, daraxtlar oqlanib, hududlar tozalanib tartibga keltirildi.

Mazkur tadbir muassasalarning yanada go‘zal va ozoda bo‘lishiga xizmat qiladi. Hasharda muassasa jamoasi faol ishtirok etishdi.

#Hashar #Obodonlashtirish #YashilMakon #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Qumariq mahallasida "Yashil makon" doirasida hashar tashkil etildi

🌿 Nurafshon shahri Qumariq mahallasi hududida joylashgan Mahalla yoshlari va Ma’naviyat bog‘ida erta tongdan hashar tashkil qilindi.

👥 Tadbirda Mahalla yettiligi, mahalla faollari va oqila ayollar ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari oqlanib, yerlar yumshatildi.

Hashar davomida hudud tozalandi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ezgu tashabbus "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

#YashilMakon #Hashar
#Obodonlashtirish #NurafshonShahri

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida obodonlashtirish jarayonlari ko‘zdan kechirildi

🏗 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shaharda olib borilayotgan obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan tanishdi.

🌳 Dastavval Mahalla yoshlari va Ma’naviyat bog‘i hududida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish jarayonlari o‘rganildi. Ishlarning borishi, rejalashtirilgan loyihalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

🌱 Shuningdek, "Yashil makon – 2025" bahor mavsumi doirasida shahar hududiga ekish rejalashtirilgan daraxt ko‘chatlarini yetkazib beruvchi tadbirkor bilan uchrashib, ushbu jarayonni sifatli tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shahardagi obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

#NurafshonShahri #YashilMakon
#Obodonlashtirish #Qurilish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda

🌱 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov "Yashil makon" loyihasi doirasida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab ekilayotgan atirgul ko‘chatlarini ekish jarayonlari bilan tanishdi.

🌷 Hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida olib borilayotgan ushbu ishlarga alohida e’tibor qaratilib, mutasaddilarga ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shaharda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda!

#NurafshonShahri #YashilMakon
#Ko‘kalamzorlashtirish #Atirgullar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt