Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukuh

Toshkent viloyatining ma'muriy markazi - Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tgan asosiy bayram kontsert dasturi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Nurafshonda obodonlashtirish va ko'chat ekish ishlari davom etmoqda!

Bugun Nurafshon Business City hududida Nurafshon shahar hokimligi hodimlari, shahardagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlari ishtirokida umumxalq hashari bo‘lib o‘tmoqda.

"Yashil makon" loyihasi doirasida hududda daraxt va ko‘chatlar ekilib, shahar yanada ko‘rkamlashmoqda.
Ko‘kalamzorlashtirish ishlari atrof-muhitni asrash, toza havo va ekologik muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Barchani tabiatni asrashga va o‘z hududida ko‘chat ekishga chorlaymiz!

#Nurafshon #YashilMakon #Hashar #TabiatniAsraylik #Ko‘chatEking #ObodShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
HURMATLI MAHALLA XODIMLARI!

Sizlarni 22-mart – O‘zbekistonda Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan Nurafshon shahri hokimligi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Mahalla – insonlarning birligi, mehr-oqibat va birdamlik maskani. U jamiyat taraqqiyotida, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli mahallalarimiz obod va farovon bo‘lib bormoqda.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yashil makon" loyihasi doirasida hashar davom etmoqda

Bugun Nurafshon Business City hududida "Yashil makon" loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Hasharda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov shaxsan ishtirok etib, ekilgan ko‘chatlar sifati va ishlarning borishini ko‘zdan kechirdi.

Shahar hokimligi, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ishchi-xodimlar bilan birgalikda olib borilayotgan bu ezgu tashabbus atrof-muhitni yaxshilash, shaharning yanada obod va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

Ko‘chat ekish – kelajak avlodga toza havo va yashil tabiat qoldirish demakdir. Barchani ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz!

#YashilMakon #Hashar #Ekologiya #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt