Nurafshon shahar hokimligi
2.1K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#Yashil_makon #Green_Space #Зелёная_зона

Nurafshon shahrida joylashgan "Nurafshon business city" hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish uchun joy hozirlash jarayonlari
olib borildi.
________

Preparations for tree planting were
carried out within the framework of the nationwide "Green Space" project in the "Nurafshan business city" area, located in Nurafshan city.
________

На территории города Нурафшан, в "Nurafshon business city",
провели работы по подготовке земельного участка для общенационального проекта "Yashil makon" («Зелёная зона»).

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi yer ajratish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda issiqlik energiyasi bilan bog'liq bir qator qarorlarni imzoladi.

Jumladan,

Nurafshon shahri, "Navro'z" MFY hududidan 0,1640 gektar yer maydoni "X.Sulaymonova" nomidagi davlat sud-ekspertiza muassasasi bino va inshootlarini qurish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali chorvachilik subyektlari daromadini ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va bozorlarda narx barqarorligini saqlash choralari ko'riladi;

viloyatda uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi hamda binolarning energiya samaradorligi oshiriladi;

"Olmaliq KMK" AJga Ohangaron, Piskent, Bo‘ka tumani va Olmaliq shahrida belgilangan koordinatalardagi hududlarda muhandislik-geologik qidiruv tadqiqot ishlarini o‘tkazishiga bir yil muddatga ruxsat berildi;

Nurafshon shahri hududidagi 9,8 gektar yer maydoni bo'sh turgan yer maydon sifatida davlat mulki ro'yxatidan o'tkaziladi;

shahar va tumanlar hududidan viloyat Sport boshqarmasiga universal sport va workout maydonchalari qurish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratildi;

Yangiyo'l shahri va O'rta Chirchiq tumanidan hududiy hokimliklar huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratib berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM