Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
44.1K photos
4.07K videos
61 files
12.5K links
Download Telegram
#hokimlik_hujjatlari

Nurafshon shahrida qurilayotgan IT-park uchun katta miqdordagi mablagʻ ajratildi

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_hujjatlari

Nurafshon shahridagi amfiteatr Angrenga koʻchirildi

Ayni kunlarda Nurafshon shahar markazi Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan amfiteatr binosi viloyat hokimi Zoyir Mirzayev qarori asosida Angren shahar "Yoshlar" bogʻiga koʻchirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur bino Nurafshon shahar hokimligi tasarrufidan Angren shahar hokimligi tasarrufiga begʻaraz oʻtkazib berilib, ob’yektni koʻchirish hamda qayta qurish ishlari bilan bogʻliq mablagʻlar Angren shahar hokimligi mahalliy budjetidan qoplanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Viloyatning 2023-yilgi byudjet daromadlari va xarajatlari eʼlon qilindi

Xalq deputatlari viloyat Kengashi yigʻilishida Toshkent viloyatining oʻtgan yilgi mahalliy byudjet parametrlari tahlil qilindi. Unga koʻra, sohalarga ajratilgan mablagʻlar hisobi, eng yuqori daromad va xarajatga ega hududlar haqidagi maʼlumotlar taqdim qilindi.

Batafsil

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi iyun oyida pul ajratish bilan bogʻliq qator farmoyishlarni imzoladi:

viloyat hududidagi profilaktik inspektorlar xizmat uylarini taʼmirlash uchun 3 mlrd, 199 mln. soʻm;

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi binosini qurish uchun 2 mlrd.soʻm;

Jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimining faoliyatini samarali tashkil etish, saqlash va moddiy texnika bazasini mustahkamlash uchun 213 mln soʻm;

viloyat markazlariga oʻrnatilgan kuzatuv kameralari orqali taqdim etilgan internet xizmatlari uchun 157,8 mln. soʻm;

Piskent tumani tibbiyot birlashmasi xirurgiya, anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimlarini 15 turdagi tibbiy jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun 1 mlrd. 372,5 mln. soʻm;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
👍2
#Hokimlik_hujjatlari #Government_documents
#Документация_хокимият

Zoyir Mirzayev koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun yirik miqdorda mablagʻ ajratdi

Yaʼni, viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq
mablagʻlari hisobidan Angren, Bekobod, Olmaliq, Ohangaron, Nurafshon, Yangiyoʻl, Chirchiq shaharlari hamda Oqqoʻrgʻon tumanidagi jami 27 ta koʻp qavatli uylarni tomini taʼmirlash uchun mablagʻ ajratildi.

Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi imzolandi.

Mazkur taʼmirlash ishlarini viloyat hokimligi huzuridagi “Koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash boʻyicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasi tomonidan amalga oshiriladi. Taʼmirlash xarajatlari uchun 5 milliard 38 million soʻm yoʻnaltirilayotganini qayd etish mumkin.
_____

Zoyir Mirzaev allocated a large amount of funds for the repair of apartment buildings

That is, the free balance of the local budget of the region formed at the beginning of 2024 funds were allocated to repair the roofs of 27 apartment buildings in the cities of Angren, Bekobad, Olmalik, Ohangaron, Nurafshon, Yangiyol, Chirchik and Okkorgon district.

The order of the governor of the region was signed.

This repair work is carried out by the state institution "Engineering Company for the Repair of Multi-apartment Houses" under the Regional Government. It can be noted that 5 billion 38 million soums are being allocated for repair costs.
__

З
ойир Мирзаев распорядился выделить крупные финансовые средства для ремонта многоэтажных домов

Если более подробно, то за счёт остатка средств из местного бюджета, сформированного в начале 2024 года, были выделены средства для ремонта в общей сложности 27 многоэтажных домов в городах Ангрен, Бекабад, Алмалык, Ахангаран, Нурафшан, Янгиюль, Чирчик и в Аккурганском районе.

Подписано соответствующее распоряжение хокима области

Данные ремонтные работы будут проводиться Государственным Учреждением “Ko‘p kvartirali uylarni ta'mirlash bo‘yicha injiniring kompaniyasi”. Отмечается, что на эти цели направляется 5 миллиардов 38 миллионов сумов.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
#Hokimlik_hujjatlari

Viloyat hokimi yer ajratish bilan bogʻliq bir qator qarorlarni imzoladi:

Zangiota tumani hududidagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Ozuqa ekinlari ilmiy-tajriba stansiyasiga doimiy foydalanish uchun 1, 34 gektar;

Chirchiq shahar V. Haydarov MFY binosini qurish uchun 0,01 gektar;

Nurafshon shahridan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻriqlash bosh boshqarmasi Toshkent viloyati qoʻriqlash boshqarmasiga maʼmuriy bino va inshootlar qurilishi uchun 0,98 gektar;

Oqqoʻrgʻon tumanida 7 ta ijtimoiy obyektlarni qurish-foydalanish uchun 5,4386 gektar;

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
1
#Hokimlik_hujjatlari #Government_documents #Документация_хокимията

Nurafshonda test sinovlari oʻtkazishga moʻljallangan pavilyon qurilmoqda

Mazkur qurilish uchun byudjetdan yirik mablagʻ ajratilgan.

👉 Batafsil
__________

A pavilion designed for holding test examinations is constructed in Nurafshon

A large sum has been allocated from the budget for this construction.

👉 In detail
__________

В Нурафшане строитсся павильон для тестовых экзаменов

Для строительства этого объекта из бюджета выделены большие средства.

👉 Подробно

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi yer ajratish, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda issiqlik energiyasi bilan bog'liq bir qator qarorlarni imzoladi.

Jumladan,

Nurafshon shahri, "Navro'z" MFY hududidan 0,1640 gektar yer maydoni "X.Sulaymonova" nomidagi davlat sud-ekspertiza muassasasi bino va inshootlarini qurish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali chorvachilik subyektlari daromadini ko'paytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va bozorlarda narx barqarorligini saqlash choralari ko'riladi;

viloyatda uy-joy va bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan isloh qilinadi hamda binolarning energiya samaradorligi oshiriladi;

"Olmaliq KMK" AJga Ohangaron, Piskent, Bo‘ka tumani va Olmaliq shahrida belgilangan koordinatalardagi hududlarda muhandislik-geologik qidiruv tadqiqot ishlarini o‘tkazishiga bir yil muddatga ruxsat berildi;

Nurafshon shahri hududidagi 9,8 gektar yer maydoni bo'sh turgan yer maydon sifatida davlat mulki ro'yxatidan o'tkaziladi;

shahar va tumanlar hududidan viloyat Sport boshqarmasiga universal sport va workout maydonchalari qurish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratildi;

Yangiyo'l shahri va O'rta Chirchiq tumanidan hududiy hokimliklar huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratib berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi mablag' va yer ajratish bilan bog'liq bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi.

Jumladan,

Toshkent, Chinoz, Oqqo'rg'on va Ohangaron tumanida bo'sh turgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida ro'yxatdan o'tkaziladi;

Nurafshon shahri, "Navro'z" MFY hududidan qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan davlat zaxirasidagi 0,06 gektar yer maydoni viloyat Transport boshqarmasiga ma'muriy bino va inshootlar qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

Piskent tumani hududidan fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlariga bir nechta mahalla fuqarolar yig'ini ma'muriy bino va inshootlari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida yer maydonlari ajratildi;

Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti ("Green University")ga 18,47 gektar yer maydoni "Dentrologiya bog'i" uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

viloyat hududidagi ichki yo'llarni ta'mirlash uchun 1 milliard 711 million 100 ming so'm miqdorda mablag' ajratildi;

viloyat hududidagi ayrim tibbiyot muassasalarida qurilish, ta'mirlash ishlarini yakunlash, foydalanishga topshirish xarajatlari uchun 4 milliard 401 million 700 ming so'm pul mablag'i ajratildi;

mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida huquq-tartibot maskanlari tashkil etish hamda shu doiradagi tadbirlarni amalga oshirish uchun 3 milliard 893 million so'm mablag' ajratildi;

viloyat hokimligi xodimlarining ish faoliyatiga qulay sharoit yaratish, internet xizmatlari, texnik xizmat ko'rsatish kabi maqsadlar uchun 479 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi;

Chirchiq shahar hamda Zangiota tumani hududidagi ayrim yaroqsiz holatdagi obyektlar buziladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Hokimlik_hujjatlari

Toshkent viloyati hokimi mablag' va yer ajratish bilan bog'liq bir nechta qaror va farmoyishlarni imzoladi.


Jumladan,

Bekobod shahar hududidan street-workout hamda universal sport maydonchasi qurilishi uchun 489,15 kv metr yer maydoni ajratildi;

“Nurafshon biznes city” hududida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan namunaviy tipdagi pavilion binosining shamollatish (ventilyatsiya, chiller) tizimini o‘rnatish xarajatlari uchun 2 milliard 800 million so'm miqdorda mablag' ajratildi;

Chirchiq shahridagi 3-sonli va Parkent tumanidagi 34-sonli bolalar musiqa va san’at maktablarini moddiy texnik bazasini mustahkamlash va musiqa anjomlari bilan ta’minlash xarajatlari uchun 776 million so'mdan ziyod mablag' ajratildi;

Ohangaron tumani “Telov” MFY hududidan universal sport maydonchalari qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi asosida 0,05 gektar yer maydoni ajratilishi belgilandi;

Parkent tumani, “Kumushkon” MFY hududida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi 0,12 gektar yer maydoni yong‘in qutqaruv qismi ma’muriy bino-inshootlari qurilishi uchun viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi;

Toshkent shahrida o‘tkazilgan (“CAEx Uzbekistan”) “INNOPROM. Markaziy Osiyo” 5-xalqaro sanoat koʻrgazmasi doirasida Toshkent viloyatiga biriktirilgan Moskva viloyati hamda Boshqirdiston Respublikasi delegatsiya a’zolarini munosib kutib olish, tushlik va kechki ovqat xarajatlari uchun 125 million so‘m mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumanidagi 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatda yakunlab, foydalanishga topshirish xarajatlari uchun 1 milliard 161 million 800 ming so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi;

Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” MFY hududidan 0,28 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan davlat zaxirasidagi yer maydoni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasiga ichimlik suvi inshooti qurilishi uchun doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1