Nurafshon shahar hokimligi
1.95K subscribers
35.3K photos
3.29K videos
46 files
10.4K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar

⚡️Bayram oldi yarmarkalar el xizmatida


Nurafshon shahri hokimi tashabbusi bilan Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan.

Yarmarkada aholi ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan mahsulotlarni bozorlardan arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlyaptilar.

Xususan,

🥩 mol goʻshti (kg) – 65 000 soʻm;
🥩 qoʻy goʻshti (kg) – 70 000 soʻm;
🍗 tovuq goʻshti (butun) – 25 000 soʻm;
🌻 oʻsimlik yogʻi (L) – 17 000 soʻm;
🌱 paxta yogʻi (L) – 15 000 soʻm;
🍚 guruch (kg) – 8 000 soʻm;
🍚 shakar (kg) – 12 000 soʻm;
🥚 tuxum (1 dona) – 1 000 soʻm;
🥔 kartoshka (kg) – 4 000 - 5500 soʻm;
🧅 piyoz (kg) – 3 000 soʻm;
🥕 sabzi (kg) – 3 000 soʻm;
🌾 un (kg) – 4 800 soʻmdan sotilmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!
Barchangizni arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalariga taklif qilamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Nurafshon_shahar

⚡️Yarmarkalar el xizmatida


Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi bilan Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan.

Yarmarkada aholi ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan mahsulotlarni bozorlardan arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlyaptilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kreativ_tatil
#Nurafshon_shahar_sardorlari
#Kitobxon_bolalar

📝O’zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan
«Kreativ Ta’til» Start olgan!

Ushbu loyihada
Nurafshon shahar yoshlari faollikda Respublikamiz yoshlariga o’rnak bo’lmoqda.

Ta’tilingizni O’zbekiston bolalar tashkiloti Toshkent viloyati sardorlari bilan maroqli o’tkazing!

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
#Nurafshon_shahar
#Deputat_mahallada
#Fuqarolar_qabuli

Joriy yilning 25-yanvar kuni Nurafshon shahardagi "Navro'z" mahallasida aholi o'rtasida ochiq muloqot tashkil qilindi. Ushbu ochiq muloqatda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 2-okrug O’zXDP deputati Nam Liana Sergeyevna hamda O'zbekiston XDP Nurafshon shahar Kengashi raisi Abduqahhorova Zulayho Shorobidin qizi ishtirok etdi.

🔗Mazkur muloqotda "Deputat mahallada" shiori ostida mahalla deputat saylovchilari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan fuqarolar o'rtasida sayyor qabul o'tkazdi. Qabulda aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi va yechimi yuzasidan tegishli tegishli tashkilot rahbarlariga deputatlik so'rovi yuborish bo'yicha belgilab olindi.

Shuningdek, Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Nam Liana Sergeyevna haftaning juma kunlari mahalla fuqarolar yig'ini binosida aholini murojaatlari yuzasidan doimiy qabul o'tkazilishi to'g'risida kelishib olindi.

https://t.me/xdp_Nurafshon
#Nurafshon_shahar

⚡️Yarmarkalar el xizmatida


Nurafshon shahar hokimligi tomonidan Markaziy bozorda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi tashkillashtirilgan.

Yarmarkada aholi ro‘zg‘orda zarur bo‘ladigan mahsulotlarni bozorlardan arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega boʻlyaptilar.

Xususan,

🥩 mol goʻshti (kg) – 65 000 soʻm;
🥩 qoʻy goʻshti (kg) – 70 000 soʻm;
🍗 tovuq goʻshti (butun) – 26 000 soʻm;
🌻 oʻsimlik yogʻi (L) – 16 000 soʻm;
🌱 paxta yogʻi (L) – 15 000 soʻm;
🍚 guruch (kg) – 12 000 soʻm;
🍚 shakar (kg) – 13 000 soʻm;
🥚 tuxum (1 dona) – 1 100 soʻm;
🍞qolipli non – 2 800 soʻm;
🥔 kartoshka (kg) – 4 000 soʻm;
🧅 piyoz (kg) – 2 000 soʻm;
🥕 sabzi (kg) – 2 500 soʻm;
🌾 un (kg) – 5 000 soʻmdan sotilmoqda.

Hurmatli hamshaharlar!
Barchangizni arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalariga taklif qilamiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#3_sektor
#Chigiriq_MFY
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

🇺🇿Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi "Chig‘iriq" MFY yoshlar yetakchisi M.Ahmadjonov hamda Milliy gvardiya inspektori xodimi M.Djo‘rayeva tomonidan 19-sonli umumta’lim maktabida "Giyohvandlikka qarshi kurashish" oyi munosabati bilan "BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!🚭" shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

📌Biz sog‘lom hayot tarafdorimiz, biz siz bilan bir qatordamiz 🤝

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar

🤩Yoshlar — kelajak poydevori!

🔥 Yoshlar ishlari agentligi
Nurafshon shahar bo'limi tashabbusi bilan yana bir bora “Gulxan shou” tadbiri bo’lib o’tmoqda

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
#Nurafshon_shahar
#maʼrifat_soati

⚡️
Nurafshon shahar hokimligi xodimlarining ma’naviy, siyosiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarni birdek daxldorlik ruhini shakllantirish maqsadida xodimlar o‘rtasida "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.

Ma’naviyat soatida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xodimlar sohaviy faoliyat va siyosiy jarayonlarga oid o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 🌿🏗

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hududda tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalarda tartib o‘rnatish hamda atrof-muhitni obod qilish ishlari izchil davom etmoqda.

#Nurafshon_shahar #Obodonlashtirish #Toza_va_obod_mahalla

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🏆 Nurafshonda "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida Workaut musobaqalari o'tkazildi

🔹 Toshkent viloyati Nurafshon shahrining “Yoshlik”, “Nurafshon” va “Navro‘z” mahallalarida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida workout sport turi bo‘yicha mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.

💪 Musobaqada yoshlar o‘z mahoratlarini namoyon etib, kuch sinashishdi. G‘oliblar sektor bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini oldi.

🎁 Musobaqa so‘ngida yosh sportchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Kelgusi bosqichga chiqqan barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin! 🚀

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Workaut #Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Yoshlar_sporti #Faol_yoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda!

🌺 Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan atirgul ko‘chatlarini ekish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ushbu chiroyli gullar shaharga yanada fayz va go‘zallik bag‘ishlab, ko‘rkam muhit yaratishga xizmat qiladi.

🌱 Yashil makonni kengaytirish, tabiatga mehr berish – barchamizning burchimiz!

#Toshkent_viloyati #Nurafshon_shahar
#Yashil_makon #Obodonlashtirish #Gulzorlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#Tadbirkorlikni_rivojlantirish

📢 Tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar hokimligida tadbirkorlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

💼 Yig‘ilishda O'zbekekspertiza AJ, Savdo-sanoat palatasi, Nurafshon shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, shuningdek, shahrimizdagi faol tadbirkorlar qatnashib, 712-son qarorning mazmun mohiyati tushuntirib o'tildi.

📊 Tadbir davomida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, biznesni rivojlantirishga oid masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli tavsiyalar berildi.

🔹 Bunday uchrashuvlar kelgusida tadbirkorlikni rivojlantirish, muammolarni joyida hal etish hamda ishbilarmonlar uchun yanada qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Hokimlik soati” yig‘ilishi o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli masʼullar, korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla raislari ishtirok etdi.

📌 Kun tartibida:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha shaharda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔹 “Yashil makon” dasturi doirasida shaharda ko‘chat ekish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
🔹 Bundan tashqari, tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

#Hokimlik_soati #Nurafshon_shahar #Yashil_Makon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🌱 Tomorqa yerlari sug‘orilishini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda

📍 Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔹 Jumladan, Dehqonobod va Degantepa mahallalarida aholi tomorqalarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida beton ariq tortish ishlari olib borilmoqda.

Shahar hokimi jarayonni joyida ko‘zdan kechirib, ishlarning sifatli va belgilangan muddatda bajarilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

#Nurafshon_shahar #Kambag‘allikdan_farovonlik_sari #Tomorqa

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
📢 "Tashabbusli budjet – 2025" 1-mavsum g‘oliblari aniqlandi!

Nurafshon shahrida "Tashabbusli budjet – 2025" dasturining 1-mavsumi yakunlandi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 19 loyiha g‘olib deb topildi.

🏆 G‘olib bo‘lgan loyihalar:

📌 48-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydoni va yugurish yo‘lakchasi qurish, maktab hududini to‘liq o‘rash, basketbol, voleybol va vorkout maydonchalari barpo etish.

📌 26-sonli umumta’lim maktabi: maktabning fasad qismini va sport zalini ta’mirlash, kimyo xonasiga suv o‘tkazish.

📌 4-sonli umumta’lim maktabi: 7 dona elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 57-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 25-sonli umumta’lim maktabi: elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): tez yordam bo‘limi va tug‘ruq bo‘limlari uchun yagona qabulxona qurish, ushbu qabulxonadan bo‘limlarga o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, reanimatsiya va qabul bo‘limining o‘rnini almashtirib ta’mirlash.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): barcha davolash bo‘limlari va yo‘laklarining isitish batareyalari va tizimlarini almashtirish.

📌 Birlik mahallasi: yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida mini futbol maydonchasi qurish.

📌 10-sonli umumta’lim maktabi: 1-qavatning ichki qismini (sinfxonalar, yo‘laklar, eshik va romlarni almashtirish, yordamchi xonalarni ta’mirlash), sport zali va oshxonani ta’mirlash.

📌 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 62-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydonchasi qurish.

📌 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: ta’mirlash ishlari olib borish.

📌 Muqumiy mahallasi: Bahor ko‘chasini (800m), Ziyolilar ko‘chasini (80m), Shodlik ko‘chasini (1200m) va Ravon ko‘chasini (300m) asfaltlash.

📌 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: omborxona qurish, yozgi ayvoncha qurish, sport maydonchasi barpo etish.

📌 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: oshxonaning tom qismini yangilash, tashqi va ichki qismini to‘liq ta’mirlash (elektr, sanitariya-texnika, ventilatsiya, kanalizatsiya, devorlar), qorovulxona qurish, basseynni qaytadan qurish, asosiy bino fasadini ta’mirlash, 8 dona ko‘rkam soyabon o‘rnatish.

📌 Degantepa mahallasi: qabriston binosini yangidan ta’mirlash, ichki yo‘laklarini betonlashtirish.

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy sport maydonchasi qurish, boshlang‘ich sinf binosini ta’mirlash (eshik va derazalarni almashtirish, pol, shift va devor qismlarini yangilash, elektr simlarini almashtirish), ichki hojatxonani ta’mirlash (unitaz va rakovina o‘rnatish).

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 Obod Turmush mahallasi: mahalla idorasi qurish.

🚀 Ushbu loyihalar shahardagi infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi!

#Nurafshon_shahar #Tashabbusli_budjet #G‘olib_loyihala

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt