Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.5K photos
4.74K videos
64 files
14K links
Download Telegram
Muqaddas Ramazon oyida ezgu tashabbus

🔹 "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshboev Taraqqiyot mahallasidagi ehtiyojmand oilaga tashrif buyurib, ko‘ngil so‘radi.

Ramazon oyi – mehr-oqibat va saxovat fasli. Shu munosabat bilan oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazilib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.

📢 Ezgu tashabbuslar davom etmoqda.

#Ramazon #Xayriya #MehrUlashamiz #Kambag‘allikdanFarovonlikSari #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👏4👍1
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

🔹 "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Nurafshon shahridagi "Binokor" MCHJ va "Salom Nurafshon" MCHJ ishchi-xizmatchilari bilan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Tadbir davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, jumladan, botulizm, quturish, kuydirgi va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar, suv toshqinlari va zilzila paytida qanday harakat qilish borasida tushuntirishlar berildi.

📌 Shuningdek, eslatma materiallari tarqatilib, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

#FavquloddaVaziyatlar #Xavfsizlik #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshonda Ramazon oyida ehson tadbirlari davom etmoqda

🌙 Muborak Ramazon oyida Nurafshon shahrida ehtiyojmand oilalar va miskinlarga ehson ulashilib, ularning ko‘ngli shod qilinmoqda.

🤲 Ushbu saxovatli amallar doirasida sahovatpesha insonlar va tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar tayyorlanib, muhtoj oilalar xonadonlariga yetkazilmoqda.

Yaxshilik ulashish, mehr-muruvvat ko‘rsatish – Ramazon oyining ezgu fazilatlaridan biridir. Ushbu xayrli tadbirlar davom etmoqda.

#Ramazon #Saxovat #Ehson #MehrUlashamiz #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Gaz yondirgichlarini yangilash – tejamkorlik va xavfsizlik garovi

"Nurafshonshahargaz" GTB xodimlari mahallalarda xatlovlar o‘tkazib, aholiga eskirgan gaz yondirgichlarini zamonaviy, tejamkor va xavfsiz turlariga almashtirishning afzalliklarini tushuntirmoqda.

Yangi yondirgichlar gaz sarfini kamaytirib, xavfsizlikni oshiradi va ekologik jihatdan qulay hisoblanadi.

#Tejamkorlik #XavfsizGaz #ZamonaviyTexnologiya #Nurafshonshahargaz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги Қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О праздновании священного Рамазан хайита"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Yaqin qo‘shnimga, yaqin o‘rtog‘imga 5 tup ko‘chat, 5 tup gul va kitoblar sovg‘a qilaman!"

🌿 Nurafshon shahrida "Xotin-qizlar ekologik faollik sari" dolzarb oyligi doirasida faol ishtirok etilmoqda.

🌏 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida ekotashabbuslarni keng targ‘ib qilish maqsadida Nurafshon shahrida aksiya o'tkazilmoqda.

🌱 Shahar bo‘limi tomonidan ham ushbu oylik doirasida ko‘chat ekish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik faollikni oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

📢 Siz ham ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok eting!

#YashilKelajak #Ekofaollik #Saxovat #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍32