Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
#saxovat

O‘zbekiston Respublikasi Prezdentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5217-sonli qarori  asosida Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan joriy yilning 3-avgust  kuni Nurafshon MFY 1-guruh nogironlari Abdullina Gulnora va Pudovkina Natalyalarga "Elektron yuritmali aravacha"lar topshirildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
#saxovat

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida obodonlashtirish ishlari va bayram tadbirlari davom etmoqda.
Shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda. "Mahalla" xayriya jamoat fondi Nurafshon shahar bo‘linmasi va mahalla raisi tomonidan "Oybek" mahallasida yashovchi Nuruzova Ma’mura Abdug‘afforovna va Ibragimova Gulchehra Omiljonovnalar oilasidan xabar olinib, kiyim-kechak va kitoblar sovg‘a qilindi.

@Nurafshonpressa
#saxovat_va_ko‘mak
#nogironlarni_himoya_qilish_kuni

Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari N.Kulbekova va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari nogironlar holidan xabar oldilar.

🎁3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimizda aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yana-da kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Bugun Nurafshon shahar hokimi o'rinbosari N.Kulbekova va "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari tomonidan nogironlar holidan manzilli xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

📦 Ko‘rsatilayotgan bunday e’tibordan fuqarolar o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Hozirgi kunda xayriya tadbirlari shahar miqyosida davom etmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
https://t.me/Nurafshonpressа
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌 Nurafshonda iftorlik dasturxoni yozildi

🤲 Muborak Ramazon oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Nurafshon shahar hokimligi tomonidan ehtiyojmand fuqarolar uchun iftorlik tashkil etildi.

💠 "O'zbegim" koshonasida yozilgan iftorlik dasturxoni saxovat va mehr-oqibat timsoli bo‘ldi.

Ramazon – ezgulik va birlik oyi!

#Ramazon #Iftorlik #MehrUlashamiz #Saxovat #Nurafshon #ShaharHokimligi #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda Ramazon oyida ehson tadbirlari davom etmoqda

🌙 Muborak Ramazon oyida Nurafshon shahrida ehtiyojmand oilalar va miskinlarga ehson ulashilib, ularning ko‘ngli shod qilinmoqda.

🤲 Ushbu saxovatli amallar doirasida sahovatpesha insonlar va tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar tayyorlanib, muhtoj oilalar xonadonlariga yetkazilmoqda.

Yaxshilik ulashish, mehr-muruvvat ko‘rsatish – Ramazon oyining ezgu fazilatlaridan biridir. Ushbu xayrli tadbirlar davom etmoqda.

#Ramazon #Saxovat #Ehson #MehrUlashamiz #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"Yaqin qo‘shnimga, yaqin o‘rtog‘imga 5 tup ko‘chat, 5 tup gul va kitoblar sovg‘a qilaman!"

🌿 Nurafshon shahrida "Xotin-qizlar ekologik faollik sari" dolzarb oyligi doirasida faol ishtirok etilmoqda.

🌏 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yilida ekotashabbuslarni keng targ‘ib qilish maqsadida Nurafshon shahrida aksiya o'tkazilmoqda.

🌱 Shahar bo‘limi tomonidan ham ushbu oylik doirasida ko‘chat ekish, atrof-muhitni obodonlashtirish va ekologik faollikni oshirishga qaratilgan qator tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

📢 Siz ham ushbu xayrli tashabbusda faol ishtirok eting!

#YashilKelajak #Ekofaollik #Saxovat #Ko‘chatEking #TabiatniAsraylik #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt