Nurafshon shahar hokimligi
2.05K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyi binosida fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

👥 Seminarda Nurafshon shahar Adliya bo‘limi, Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri ishtirok etib, saylov jarayonlarini qonuniy va samarali tashkil etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

📌 O‘quv seminar davomida ishchi guruh a’zolariga saylov jarayoni tartibi, nomzodlarni ilgari surish, saylovni tashkil etish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha muhim tushunchalar yetkazildi.

#FuqarolarYig‘ini #Saylov2025 #Nurafshon #Mahalla #AdolatliSaylov

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt