Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv seminar o‘tkazildi

📍 Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyi binosida fuqarolar yig‘ini raisi saylovlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar uchun o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

👥 Seminarda Nurafshon shahar Adliya bo‘limi, Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyat mudiri ishtirok etib, saylov jarayonlarini qonuniy va samarali tashkil etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.

📌 O‘quv seminar davomida ishchi guruh a’zolariga saylov jarayoni tartibi, nomzodlarni ilgari surish, saylovni tashkil etish va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha muhim tushunchalar yetkazildi.

#FuqarolarYig‘ini #Saylov2025 #Nurafshon #Mahalla #AdolatliSaylov

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#munosabat

RASMIY MUNOSABAT

O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri hokimliklari muassisligidagi “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2025-yil 14-martdagi 9-sonida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Otabek Isroilovning “Hokim maslahatchisi, vakolatingizdan nega foydalanmaysiz?” sarlavhali maqolasi yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#munosabat

RASMIY MUNOSABAT

📌 Ijtimoiy tarmoqlarda Nurafshon shahar markazidagi yangi qurilgan uylardan chiqayotgan kanalizatsiya suvlarining atrof-muhitni ifloslantirayotgani va bu holat aholi salomatligiga xavf tug‘dirayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

🔹 Ushbu holat Nurafshon shahar hokimligi va "Toshkent Suv Ta’minoti" AJning Nurafshon filiali tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

🔹 Hozirda ob-havoning noqulayligi, tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir sababli ish jarayonlari vaqtincha to‘xtatilgan.

🔹 Ob-havo yaxshilanishi bilan muammo butunlay bartaraf etilishi rejalashtirilgan.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar muntazam ravishda taqdim etiladi.

#RasmiyMunosabat #Nurafshon #Ekologiya #SuvTaminoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_savodxonlik

📖 "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonunning
26-moddasi.


👉
https://www.youtube.com/@Dinishlariboyichaqomita

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter |Youtube
"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" davom etmoqda

📌 Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 15-martdan 15-aprelgacha yurtimizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Tadbir davomida ishchi-xodimlarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar, shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid eslatma materiallari tarqatildi.

#FavquloddaVaziyat #FuqaroMuhofazasi #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida PQ-1-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi

📌 Nurafshon shahri prokurori T.Karimov va shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev rahbarligida PQ-1-sonli qaror ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbir davomida qaror ijrosi yuzasidan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.

🔸 Mas'ul idoralar vakillari muammolarni bartaraf etish va samarali yechim topish bo‘yicha takliflar bildirishdi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi manfaatlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

⚖️ Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

#Nurafshon #PQ1 #QarorIjrosi #HuquqiyTartib #Yig‘ilish

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook