Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
"Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" davom etmoqda

📌 Hukumat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 15-martdan 15-aprelgacha yurtimizda "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🔹 Shu munosabat bilan Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan qurilish obyektlarida yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasi bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

🔸 Tadbir davomida ishchi-xodimlarga is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlar, shuningdek, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga mavzuga oid eslatma materiallari tarqatildi.

#FavquloddaVaziyat #FuqaroMuhofazasi #Profilaktika #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida PQ-1-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi

📌 Nurafshon shahri prokurori T.Karimov va shahar IIB boshlig‘i M.Sottiyev rahbarligida PQ-1-sonli qaror ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbir davomida qaror ijrosi yuzasidan dolzarb masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklar tanqidiy muhokama etildi.

🔸 Mas'ul idoralar vakillari muammolarni bartaraf etish va samarali yechim topish bo‘yicha takliflar bildirishdi.

Davlatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida aholi manfaatlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

⚖️ Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, tizimli ishlarni davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

#Nurafshon #PQ1 #QarorIjrosi #HuquqiyTartib #Yig‘ilish

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев давлат мулкини хусусийлаштириш бўйича жорий йилги устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан кенгайтирилган йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел расширенное совещание по приоритетным задачам приватизации государственного имущества на текущий год.

#Mirziyoyev #yigilish #iqtisodiyot #xususiylashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Bildirish
#Diqqat

Nurafshonda qatnov harakati vaqtincha cheklanadi

⛔️ Nurafshon shahrida “Ramazon hayit” namozi tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash, aholi xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport harakatini tartibga solish, turli favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida

📍Oppoq
mahallasi hududida joylashgan "Ismat ota" jome masjidi yonidagi chorrahadan 4P 19 A yo‘lining 5 kmdagi 4K 712 A yo‘li bilan tutashgan chorraha oralig‘i;

📍Birlik mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Said ibn Vaqqos” jome masjidiga olib boruvchi Birlik ko‘chasi;

📍 Uchqun mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “To‘y-tepa” jome masjidiga olib boruvchi To‘y-tepa ko‘chasidan Nurobod ko‘chasigacha 1 km masofa uzoqlikda joriy yilning 29-mart kuni soat 20:00 dan 30-mart kuni soat 08:00 ga qadar avtotransport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt