Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shahrimizda ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari faol olib borilmoqda.

Xususan, markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari taglari yumshatilib, yashil hududlar tartibga keltirilmoqda. Shuningdek, "Yashil makon" loyihasi doirasida "Yashil kelajak bog‘i" atroflariga oshqovoq urug‘lari ekilib, shahar yanada ko‘rkam qiyofa kasb etishi uchun amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakon #Ko‘kalamzorlashtirish #YashilKelajak

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yoritish tizimi yangilandi!

Nurafshon shahrining Yangiobod MFY hududida joylashgan Yangiobod ko‘chasi 10-talikka tutash ko‘pqavatli uylar atrofi yoritish tizimi bilan ta’minlandi.

Ushbu hududda joylashgan 10 ta tungi yoritish chiroqlari eskirganligi sababli, fuqarolar tomonidan Boshqaruv Servis Kompaniyasi (BSK) hisob raqamiga amalga oshirilgan majburiy badal to‘lovlari hisobidan yangilariga almashtirildi.

Yangi yoritish tizimi hudud xavfsizligi va qulayligini oshirishga xizmat qiladi.

#Nurafshon #YoritishTizimi #Obodonlashtirish #BSKfaoliyatidan

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt