Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Shahar ko'rkiga zarar yetkazuvchi holatlar bartaraf etildi

🏙 Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasida savdo va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar hamda mulk egalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda shahar hokimi I. Klichxanov va shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev ishtirok etdi.

📌 Uchrashuv davomida shahar arxitekturaviy qiyofasini saqlash, sanitariya talablariga rioya qilish va tartib-intizomni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, tadbirkorlarga:
✔️ Reklama yorliqlarini shahar estetik qiyofasiga mos holda joylashtirish,
✔️ Maishiy chiqindilarni belgilangan joylarga joylashtirish,
✔️ Sanitariya talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

⚠️ Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, tadbirkorlarga belgilangan qoidalarga rioya qilish bo‘yicha ogohlantirish berildi.

#Tartib #Sanitariya #ShaharQiyofasi #Nurafshon

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy ko‘chada obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekish uchun maydonlar tayyorlanmoqda. Ushbu tashabbus shaharning yanada ko‘rkam va yashil bo‘lishiga xizmat qiladi.

#Obodonlashtirish #YashilShahar #Atirgul #TabiatniAsraylik #Go‘zalShahar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shaharda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Ko‘chalarda tozalash, ko‘chat ekish va yashil hududlarni kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Shaharni yanada go‘zal qilish uchun barchani hamkorlikka chorlaymiz!

#Obodonlashtirish #YashilHudud #Go‘zalShahar #TabiatniAsraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt