Nurafshon shahar hokimligi
2.03K subscribers
36K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida qurilish ishlari nazoratdan o'tkazildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari Yangi O‘zbekiston massivida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi. Xususan, Xitoy investitsiyasi asosida "ZHONG TUO" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida qurilish normalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish va sifatli qurilish materiallaridan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#QurilishNazorati #YangiO‘zbekistonMassivi
#InvestitsiyaLoyihasi #ShaharHokimi
#XavfsizlikVaSifat #KoʻpQavatliUylar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Yashil makon” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi 🌿

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida sektor rahbarlari ishtirokida shaharda “Yashil makon” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ayni jarayonda hududlarda amalga oshirilayotgan ko‘chat ekish, yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlari alohida e’tiborga olindi.

🚶‍♂️Shuningdek, Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish va shahar arxitekturaviy ko‘rinishini yaxshilash maqsadida, ko‘chaning umumiy holati o‘rganilib, tashqi ko‘rinishni buzuvchi noqonuniy qurilmalar, reklama bannerlari va boshqa obyektlar bartaraf etilishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

📌 Uchrashuv davomida tegishli tashkilot rahbarlari va savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga mavjud muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar yuklatildi.

#YashilMakon #ToshkentYoʻli #SektorIshlari
#Koʻkalamzorlashtirish #ObodonShahar

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt