Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Тошкент вилояти прокурорининг биринчи ўринбосари Э.Инамджанов Нурафшон шаҳрида бўлиб, Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2025 йилда республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-1-сонли Қарори ижроси билан яқиндан танишди.

Шаҳар прокуратурасида ташкил этилган штабда бўлиб, биринчи чоракда амалга оширилган ишлар ва иккинчи чорак учун ҳар бир маҳалла ўз хусусияти, эҳтиёжидан келиб чиққан ҳолда “Йўл харита”ларини белгилаши лозимлиги бўйича бир қатор топшириқ ва таклифлар берди.
Шунингдек, "Тўй-тепа"  ва "Янгиобод" маҳаллаларида олиб борилган ишлар билан танишиб, маҳалла еттилиги билан яқиндан суҳбатлашилди.

Шунингдек, раҳбар, ходимларга ушбу йўналишдаги фаолиятга келгусида ҳам жиддий эътибор ҳамда виждонан ёндашишлари таъкидланиб, бу борадаги ишларни янада сифатли ва тўлақонли бажарилиши юзасидан чора-тадбирлар белгилаб олинди.

Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
Shahar ko‘rkiga e’tibor – obodlik garovi

🌳 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Bobur ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.

🧱 Tashrif davomida “Yashil makon” loyihasi, shahar arxitekturaviy qiyofasini saqlash, ko‘chani obodonlashtirish va shahar ko‘rinishini buzuvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, noqonuniy qurilishlar, chiqindilar va reklama vositalarini joylashtirmaslik haqida ogohlantirildi.

🔹 Bunday nazorat ishlari shahar obodligi, tozaligi va zamonaviy ko‘rinishini saqlab qolishga xizmat qiladi.

#NurafshonShahri #Obodonlashtirish #YashilMakon #ArxitekturaNazorat #TadbirkorlikMadaniyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Navro‘z mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahri Navro‘z mahallasida, shahar Tibbiyot birlashmasi atrofini obodonlashtirish va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida homiylik mablag‘lari hisobidan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, avval boshlangan, ammo ob-havo sharoiti sababli to‘xtab qolgan sizot suvlari oquvchi ariqlarni obodonlashtirish, hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qayta tiklandi.

Obodonlashtirish ishlari aholi va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish hamda hududdagi ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiladi.

Shahar hokimi I.Klichxanov ushbu hududda bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM