Nurafshon shahar hokimligi
2K subscribers
35.8K photos
3.32K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Shahar ko‘rkiga e’tibor – obodlik garovi

🌳 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shahar sektor rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari bilan birgalikda Bobur ko‘chasi bo‘ylab o‘rganish ishlarini olib bordi.

🧱 Tashrif davomida “Yashil makon” loyihasi, shahar arxitekturaviy qiyofasini saqlash, ko‘chani obodonlashtirish va shahar ko‘rinishini buzuvchi omillarni bartaraf etish yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi. Shuningdek, ko‘cha bo‘ylab faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, noqonuniy qurilishlar, chiqindilar va reklama vositalarini joylashtirmaslik haqida ogohlantirildi.

🔹 Bunday nazorat ishlari shahar obodligi, tozaligi va zamonaviy ko‘rinishini saqlab qolishga xizmat qiladi.

#NurafshonShahri #Obodonlashtirish #YashilMakon #ArxitekturaNazorat #TadbirkorlikMadaniyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt