Nurafshon shahar hokimligi
2.04K subscribers
36K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
Shahar infratuzilmasini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va arxitekturaviy ko‘rinishni zamonaviylashtirish maqsadida Nurafshon shahrining Toshkent yo‘li ko‘chasida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

#Nurafshon #ToshkentYo‘li #Obodonlashtirish #Qurilish #YashilHudud #ShaharTaraqqiyoti #Infratuzilma

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Tayinlov

"Mash'al" gazetasiga yangi rahbar tayinlandi

Otabek Odiljon o‘g‘li Isroilov “Mash’al” gazetasining bosh muharriri etib tayinlandi.

O. Isroilov 1999-yil O‘rta Chirchiq tumanida tug‘ilgan. U O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan (2023-yil).

Mehnat faoliyatini 2017-yilda “Mash’al” gazetasida katta muxbir sifatida boshlagan. 2021-yildan tayinlovga qadar “Mash’al” gazetasining bosh muharriri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u “Xalq so‘zi” gazetasining Toshkent viloyati bo‘yicha muxbiri sifatida ham faoliyat olib bomoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida “Ona laylak parvozi” nomli publitsistik maqolalar to‘plami chop etilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda DXX Kubogi musobaqalarining mahalla bosqichi o‘tkazilmoqda

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Mahalla uyushmasi hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan DXX Kubogi joriy yilda ham viloyatimiz bo‘ylab keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Musobaqalarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol yo‘nalishlarida ishtirok etib, o‘z iqtidor va mahoratlarini namoyish etmoqdalar.

Ayni kunlarda Nurafshon shahar sport maktabida mazkur musobaqaning mahalla bosqichi qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tkazilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt