Nurafshon shahar hokimligi
2.07K subscribers
36.1K photos
3.33K videos
47 files
10.6K links
Download Telegram
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharda tozalash va obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

🔹 Shahar markazidagi favvoralar atrofi tozalanmoqda, mavjud daraxtlar sug‘orilmoqda.
🔹 Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida atirgul ko‘chatlari ekilib, parvarishlanmoqda.
🔹 Shuningdek, ushbu hududda uzum yo‘laklarini qurish ishlari olib borilmoqda.

🌱 Maqsad — Nurafshonni yanada ko‘rkam, yashil va aholi uchun qulay shaharga aylantirish.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Mahalla yoshlari va "Ma'naviyat bog‘i"da obodonlashtirish ishlari olib borildi

O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi tashabbusi bilan mahalla raislari ishtirokida hashar uyushtirildi.

Tadbir davomida "Mahalla yoshlari va Ma'naviyat bog‘i" hududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur sa’y-harakatlar hududni ko‘kalamzorlashtirish, sog‘lom ekologik muhitni yaratish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar barpo etishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt