Nurafshon shahri hokimligi
3.22K subscribers
43.5K photos
4.01K videos
58 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦

Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.


⏺️Piskent tumani. Kambag'allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

⏺️Yangiyo‘l shahri. "Baxt" mahallasi hududida joylashgan 2-sonli umumtaʼlim maktabida shahar hokimi boshchiligida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.

⏺️Chinoz tumani. 14-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazilib, yoshlar bilan muloqot qilindi.

⏺️O‘rta Chirchiq tumani. Tuman ma’muriy markazida yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, ular tomonidan bildirilgan taklif va masalalar tinglandi.

⏺️Bo'ka tumani. Tuman hokimi boshchiligida tanqidiy va tahliliy ruhda "Hokimlik soati" yigʻilishi o'tkazildi.

⏺️Nurafshon shahri. Amfiteatr majmuasida tegishli mutasaddilar ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

⏺️Bekobod shahri. Mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish boʻlib oʻtdi.

⏺️Angren shahri. Mahallalar kesimida xotin-qizlar kasb-hunarga bepul tarzda o‘qitilmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yer osti piyodalar yo‘laklari loyihalari ko‘rib chiqildi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov tegishli mas’ullar ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab qurilishi rejalashtirilgan yer osti piyodalar o‘tish yo‘lagi loyihalari bilan tanishdi.

Ko‘rib chiqilgan loyihalar Qumariq, Uchqun, To‘ytepa, Oybek, Obod va Yangiobod mahallalari kesimidan o‘tuvchi hududlarni qamrab oladi.

Mazkur loyihalar aholi, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlar va nuroniylar uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash, piyodalar harakatini qulay va xavfsiz qilishga qaratilgan.

Shuningdek, hokim tomonidan loyiha-smeta hujjatlari, qurilish chizmalari va ish boshlanishi uchun zarur choralar muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Toshkent yo‘li bo‘ylab yer osti o‘tish yo‘lagi loyihasi ko‘rib chiqildi.

Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tegishli mas’ullar bilan birga joylarda loyiha bilan tanishdi.

#Nurafshon #PiyodalarYo‘laki #Obodonlashtirish #ToshkentYo‘li #Xavfsizlik #ShaharHokimi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍7
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

"Ohangaron-Olmaliq" magistral gaz tarmog'ining 34-48 km oralig'ida nuqsonli qismlarni ta'mirlash ishlari olib borilishi sababli Nurafshon shahrining barcha mahallalari aholi va ulgurji  iste’molchilarida 2025-yil 23-aprel kuni soat 8:00 dan 24-aprel kuni 18:00 gacha gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Nurafshon shahridagi gaz ta’minoti to‘xtatiladigan MFYlar ro‘yxati:

Degantepa
Dehqonobod
Yangiobod
Yoshlik
Nurafshon
Ma’rifat
Qumariq
Navro‘z
Muqimiy
Obod turmush
To‘y tepa
Yuksalish
Taraqqiyot
Birlik
Oppoq
Chig‘iriq
Hurriyat
Obod
Oybek
Uchqun
Bobur
Evalak


Murojaat uchun telefon:
☎️ (99)004-81-04. 104

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👎1
Nurafshon shahar prokuraturasida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

PQ–1-sonli qarorI ijrosini taʼminlash maqsadida, Nurafshon shahar prokurori t.Karimov rahbarligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ishchi guruh aʼzolari, shahar hokimligi va tegishli tashkilotlarning masʼul rahbarlari ishtirok etdilar. Unda qaror ijrosining joylardagi holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mavjud muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi.

Prokuror t.Karimov yig‘ilishda so‘zga chiqib, har bir rahbar va mutasaddi shaxs zimmasida turgan masʼuliyatni taʼkidladi.

Yig‘ilish davomida masʼullarga aniq vazifalar yuklatilib, belgilangan muddatlarda ijroni taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi. Shuningdek, kelgusidagi ishlarni yana-da samarali tashkil etish maqsadida taklif va tavsiyalar ham muhokama qilindi.


Телеграм | Instagram  | Youtube | Tik tok | Facebook
👍1
#2025_yil_1_maydan

❗️2025-yil 1-maydan aholi uchun belgilangan tabiiy gaz tariflari

Kanalga ulanish👇👇👇https://t.me/huquqiyaxborot