Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan markaziy ko‘cha bo‘ylab atirgul ko‘chatlari ekilmoqda. Ushbu ishlar shaharning ekologiyasini yaxshilash va go‘zalligini oshirishga xizmat qiladi.

⚠️ Ogohlantirish: Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan ilgari ekilgan ko‘chatlarning shikastlanishi yoki olib ketilishi holatlari kuzatilmoqda. Bunday harakatlar videokuzatuv orqali aniqlanmoqda va qonuniy choralar ko‘riladi.

📢 Hurmatli aholi va mehmonlar! Nurafshon – barchamizniki. Uning go‘zalligini saqlash har birimizning burchimiz! 🌿

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakonda #TabiatniAsraylik #JamiyatMas’uliyati

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Hurmatli Nurafshon shahri aholisi va qadrli mehmonlar!

Shahrimiz — viloyat markazi, ko‘plab nufuzli mehmonlar tashrif buyuradigan, ko‘zga ko‘rinarli darajada rivojlanib borayotgan maskan. Nurafshonni yanada chiroyli, ozoda va fayzli qilish maqsadida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent yo‘li ko‘chasi bo‘ylab va boshqa markaziy hududlarda atirgul, lola va boshqa bezakli gullar ko‘chatlari ekilmoqda. Bu ezgu tashabbuslar yurtdoshlarimiz uchun quvonch, mehmonlarimiz uchun esa iliq taassurot uyg‘otadi.

Afsuski, ayrim fuqarolarimiz tomonidan ko‘chatlarning noqonuniy tarzda yulib olinishi, ularni o‘zlashtirish holatlari kuzatilmoqda. Ushbu holatlar videokuzatuv kameralariga tushirib borilmoqda va qonuniy tartibda javobgarlikka tortilishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, barchangizga murojaat qilamiz:
Shahar — bu hammamizniki.
Nurafshon — bizning umumiy uymiz.
Uyimizning chiroyi va ozodaligi esa hammamizga birdek mas’uliyat yuklaydi.

Sizlardan iltimos qilamiz — shaharimiz obodligi yo‘lida qilinayotgan sa’y-harakatlarga befarq bo‘lmang. O‘z shahrimizni asraylik, mehnatkash xodimlarimizning halol mehnatini qadrlaylik. Obodonlashtirish ishlari davom etadi — bu ishda fuqarolik burchimizni unutmaylik!

Hurmat bilan,
Nurafshon shahar hokimligi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Salomatlik

♦️Shaxsiy gigiyena – gigiyenaning bir bo‘limi, shaxsiy hayot va mehnat faoliyatida amal qilinishi zarur bo‘lgan gigiyenik tartib yo‘li bilan odam sog‘ligini saqlash va mustahkamlash masalalarini ishlab chiqadi.

🏥Nurafshon shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi xodimlari boshchiligida Yaponiyaning EYO dasturi asosida "Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish" mavzusida shahar maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda shahridagi 14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolajonlarga "To‘g‘ri ovqatlanish"," Toza qo‘llar" kabi mavzularda amaliy  mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

🔹O‘tkazilgan mashg‘ulotlarda bolajonlarga  "To‘g‘ri ovqatlanish" mavzulariga oid ko‘rgazmali materiallar tarqatildi hamda qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt