Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#Tungi_xizmat | #Nurafshon

“Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Nurafshon shahrida ham jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i M. Sottiyev va shahar prokurori T. Karimov ishtirokida o‘tkazilgan xizmat oldi yo‘riqnomasida xodimlarga hushyorlik, masʼuliyat, hamda aholining osoyishtaligini taʼminlash borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘riqnoma yakunida ichki ishlar xodimlari saf holda xizmat joylariga tarqatilib, tungi tartib-intizomni ta’minlash uchun xizmatga kirishdilar.

📢 Hurmatli fuqarolar! Tungi nazorat tadbirlari davomida ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TungiXizmat | #Nurafshon | #Xavfsizlik

🌙 Nurafshon shahrida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tadbirlari doirasida keng ko‘lamli tungi nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

👮‍♂️ Shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev va shahar prokurori T. Karimov xizmat oldi yo‘riqnomasida ishtirok etib, xodimlarga masʼuliyat, hushyorlik va qonuniylik borasida aniq topshiriqlar berdilar.

🚨 Ichki ishlar xodimlari jamoat tartibini saqlash uchun tungi xizmatga safarbar etildi.

📢 Hurmatli fuqarolar! Ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga rioya qiling, osoyishtalik barchamiz uchun muhim.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Shijoat va G‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab “Shijoat va G‘ayrat” harbiy-sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, Nurafshon shahar hokimligi, Mahalla uyushmasi, Shahar mudofaa ishlari bo‘limi, Sport maktabi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida ushbu musobaqaning Nurafshon shahar bosqichi tashkil etildi.

Musobaqa davomida mahallalarning iqtidorli va jismonan chiniqqan yoshlaridan iborat jamoalar harbiy-sport sinovlarida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa vakillari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni ijtimoiy faollikka undash, ularning harbiy xizmatga bo‘lgan tayyorgarligini kuchaytirish, do‘stlik va jamoaviylik ruhini shakllantirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmat
Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov Navro‘z mahallasi hududida joylashgan shahar markaziy shifoxonasiga olib boruvchi yo‘l hamda atrof hududni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi.

Tashrif davomida hokim loyiha doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillari bilan fikr almashdi. Hududda aholiga qulay sharoit yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda umumiy obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Самарқанддаги учрашув қардош халқларимиз ўртасидаги кўп асрлик дўстлик ва яхши қўшничилик руҳида ўтди.

Встреча в Самарканде прошла в духе многовековой дружбы и добрососедства наших братских народов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X