Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida PQ–133-sonli qaror ijrosi muhokama qilindi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yildagi PQ–133-sonli qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Bosh prokuraturaning boshqarma prokurori Y.I. Saidqulov hamda shahar prokurori T.T. Karimov, shahar hokimi o'rinbosari F.Shomurodov ishtirok etib, qaror ijrosi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar hisobotini tingladilar.

Muhokamada quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:
– energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish;
– reyd tadbirlarini kuchaytirish;
– energiya tejamkorligini ta’minlash va uzluksiz ta’minotga erishish;
– mavsumiy tayyorgarlik ishlarini to‘liq bajarish.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 240 dan ortiq Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 8 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 14 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 5 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 23 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
Nurafshon shahrida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar prokurorining o‘rinbosari A. Olimov va shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari S. Kubekboev boshchiligida Yangiobod, Ma’rifat va Obod mahallalari aholisi ishtirokida jinoyat ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada 2025-yil 10-aprel kuni Ma’rifat mahallasi, Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan ATB “Ipoteka bank” yonida fuqarolar o‘rtasida yuzaga kelgan nizoli vaziyatda tan jarohati yetkazilgan holat (Jinoyat kodeksining 105-moddasi) muhokama qilindi.

Shuningdek, Yoshlik mahallasi hududidagi “Oqshom” kafesi oldida yuz bergan janjalda mast holatdagi fuqarolar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, bir-birlariga tan jarohati yetkazgani holati ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida fuqarolarga qonuniy javobgarlik, huquqiy xatti-harakatlar va ijtimoiy mas'uliyat haqida tushuntirishlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta'minoti sizga shuni ma’lum qiladi.

N/S O'rta Chirchiq 110/35/6 kV dan chiquvchi f.Olmazor 6kV da ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nurafshon shahrining
📌Degantepa;
📌Dehqonobod;
📌Bobur;
📌Oybek;
📌Marifat;
📌Yangiobod;
📌Obod;
📌Qumariq;
📌Navro'z mahallalari aholi va ulgurji iste’molchilarida
2025-yil 26-aprel kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha elektr energiyasida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi.


Murojaat uchun telefon
☎️ Tel.:  (95) 195-14-60
☎️ Tel.:  (95) 195-14-67 (dispetcher)

Nurafshon shahar elektr ta'minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida qurilish ishlari bo‘yicha ochiq muloqot

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmualarini ko‘zdan kechirdi. U yerda qurilish ishlarini olib borayotgan xorijlik hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi.

Shuningdek, shaharsozlik me’yorlaridan kelib chiqib, binolarning tashqi fasad qismlarini bo‘yashda rang tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida qurilish jarayonlari yuzasidan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt