Nurafshon shahar hokimligi
2.12K subscribers
36.2K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Madaniyat va san'at haftaligi doirasida GALA KONSERT dasturi bo'lib o'tdi

Toshkent viloyati hokimligi, Nurafshon shahri hokimligi, Viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Nurafshon shahri Madaniyat bo'limi tashabbusi bilan Nurafshon amfiteatrida yorqin va unutilmas Gala konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Konsertda shahar aholisi va mehmonlar faol ishtirok etib, ko‘tarinki kayfiyatda maroqli dam olishdi.

Taniqli san'atkorlar — Gulsanam Mamazoitova, Xurshid Turdiyev hamda Toshkent viloyati filarmoniyasi sanatkorlari o‘z chiqishlari bilan barchaga musiqaga boy, zavqli va esda qolarli kechani taqdim etdilar.

Musiqa va quvonchga to‘la ajoyib kecha shahar aholisida unutilmas taassurot qoldirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla raisi saylovi-2025

Mahallamiz, jamiyatimiz hayotiga daxldor bo'ling, saylovda faol ishtirok eting!


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda ayollar uchun biznes asoslariga oid trening o‘tkazildi

“Ayollar va raqamli iqtisodiyot” loyihasi doirasida, Nurafshon shahridagi “Tong” madaniyat saroyida mahalliy tadbirkor ayollar va qizlar uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbir “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi, O‘zbekiston menejerlar assotsiatsiyasi hamda Toshkent viloyati hamda Nurafshon shahri hokimligi va boshqa hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilarga tadbirkorlikni boshlash, moliyaviy savodxonlik, elektron tijorat, raqamli platformalardan foydalanish, marketing va kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy bilimlar berildi. Trening yakunida faol qatnashganlarga sertifikatlar topshirildi, eng faol ishtirokchilar esa imtiyozli kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2025-YIL 1-MAY KUNIDAN AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN TABIIY GAZ TARIFLARI HISOBI HAQIDA MA’LUMOT

***


О РАСЧЕТЕ ТАРИФОВ ЗА ПРИРОДНЫЙ ГАЗ, УСТАНОВЛЕННЫХ С 1 МАЯ 2025 ГОДА ДЛЯ БЫТОВЫХ ПОТРЕБИТЕЛЕЙ (НАСЕЛЕНИЕ)

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi shifokorlaridan foydali tavsiyalar

To‘g‘ri ovqatlanish — sog‘lom turmush tarzi va mustahkam salomatlik garovidir. Har bir inson iste’mol qilayotgan oziq-ovqatiga e’tiborli bo‘lishi, ratsionni vitamin va foydali moddalarga boy mahsulotlar bilan boyitishi muhim ahamiyatga ega.

Shifokorlarimizning ta’kidlashicha, kunlik ovqatlanish tartibi muvozanatli bo‘lishi, meva-sabzavotlar, oqsil va tabiiy mahsulotlar yetarli miqdorda iste’mol qilinishi kerak. Shuningdek, shirinliklar va yog‘li taomlarni me’yorida ishlatish, ortiqcha tuz va shakar iste’molidan saqlanish salomatlik uchun juda muhimdir.

Unutmang: sog‘lom hayot — bu ongli tanlov! Tanlov o‘zingizdan boshlanadi!