Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda

Nurafshon shahri bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxt va gul ko‘chatlari muntazam parvarishlanib, ularni sug‘orish ishlari tashkil etilgan.

Shuningdek, shahar ko‘chalari bo‘ylab uzum yo‘laklarini barpo etish ishlari ham boshlab yuborildi. Bu esa nafaqat shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi.

Obodonlashtirish ishlari davom etmoqda va bu boradagi sa’y-harakatlar aholining yashash sifati va shahar qiyofasini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar hokimi boshchiligida, tegishli mutasaddilar ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish va qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga asosan, avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha to‘xtash joylari, piyodalar uchun esa zamonaviy yo‘laklar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, yashil hududlar tashkil qilinib, atrof-muhit yanada obod qilinmoqda.

Mazkur ishlar fuqarolarga qulaylik yaratish va shahar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Nurafshonlik xotin-qizlar!

Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar bo‘limi 2025-yil 1-maydan 1-iyunga qadar kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tavsiyanoma olish uchun arizalarni qabul qiladi.

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali topshiriladi.
Mehnat staji “Yagona milliy mehnat tizimi” yoki mehnat daftarchasi asosida tasdiqlanadi.
O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim.

📅 Muddati: 1-may – 1-iyun
📍 Manzil: Nurafshon shahar hokimligi
📞 Telefon: +998 55 902 74 39

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – o‘qish uchun tavsiyanoma oling!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt