Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar hokimi boshchiligida, tegishli mutasaddilar ishtirokida Toshkent yo‘li ko‘chasini kengaytirish va qulay sharoitlar yaratish maqsadida qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Loyihaga asosan, avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha to‘xtash joylari, piyodalar uchun esa zamonaviy yo‘laklar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, yashil hududlar tashkil qilinib, atrof-muhit yanada obod qilinmoqda.

Mazkur ishlar fuqarolarga qulaylik yaratish va shahar infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat, Nurafshonlik xotin-qizlar!

Nurafshon shahar hokimligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar bo‘limi 2025-yil 1-maydan 1-iyunga qadar kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga tavsiyanoma olish uchun arizalarni qabul qiladi.

Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali topshiriladi.
Mehnat staji “Yagona milliy mehnat tizimi” yoki mehnat daftarchasi asosida tasdiqlanadi.
O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishingiz lozim.

📅 Muddati: 1-may – 1-iyun
📍 Manzil: Nurafshon shahar hokimligi
📞 Telefon: +998 55 902 74 39

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang – o‘qish uchun tavsiyanoma oling!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Toshkent yo‘li ko‘chasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahri markazidagi Toshkent yo‘li ko‘chasida keng qamrovli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon doirasida piyodalar harakati uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz yo‘laklar barpo etilmoqda.

Shuningdek, yashil hududlarni kengaytirish, gul va daraxt ko‘chatlari ekish hamda ularni parvarishlash ishlari tashkil etilgan. Mazkur obodonlashtirish ishlari shaharning arxitekturaviy ko‘rinishini yanada yaxshilash, ekologik holatini sog‘lomlashtirish va aholiga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Toshkent yo‘li bo‘ylab piyodalar yo‘laklari barpo etilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda. 🌿

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakon #Toshkentyoʻli

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilmoqda

Bugun mahalliy yo‘llar bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, mavsumiy gullar ekish, daraxt taglarini yumshatish, gullarga oziqlantiruvchi tuproq solish kabi ishlar aholi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shaharning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan obodonlashtirish brigadalari tomonidan yo‘l chetidagi gulzorlarga parvarish ishlari olib borilmoqda. Mehnatkash ayollar gul ko‘chatlarini yerga qadab, ularni g‘amxo‘rlik bilan parvarish qilmoqda. Har bir gul niholiga mehr bilan yondashilayotgani shahar go‘zalligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bu kabi ishlar nafaqat shahar ko‘rkini oshiradi, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt