Nurafshon shahar hokimligi
2.13K subscribers
36.3K photos
3.35K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shilmoqda

Bugun mahalliy yo‘llar bo‘ylab obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Ayniqsa, mavsumiy gullar ekish, daraxt taglarini yumshatish, gullarga oziqlantiruvchi tuproq solish kabi ishlar aholi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shaharning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan obodonlashtirish brigadalari tomonidan yo‘l chetidagi gulzorlarga parvarish ishlari olib borilmoqda. Mehnatkash ayollar gul ko‘chatlarini yerga qadab, ularni g‘amxo‘rlik bilan parvarish qilmoqda. Har bir gul niholiga mehr bilan yondashilayotgani shahar go‘zalligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Bu kabi ishlar nafaqat shahar ko‘rkini oshiradi, balki ekologik muvozanatni saqlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda gaz iste’molchilari bilan targ‘ibot ishlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-sonli qarori ijrosi doirasida Nurafshon shahrida tashkilotlar xodimlari ishtirokida gaz iste’molchilari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish, quyosh panellari va kollektorlarini o‘rnatish, elektr energiyasini tejash hamda is gazidan zaharlanish va chaqnash kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🌿 Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharda tozalash va obodonlashtirish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

🔹 Shahar markazidagi favvora atrofi tozalanmoqda, mavjud daraxtlar sug‘orilmoqda.

🌱 Maqsad — Nurafshonni yanada ko‘rkam, yashil va aholi uchun qulay shaharga aylantirish.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman

1 MAY KUNIDAN AHOLI ISTE’MOLCHILARI UCHUN BELGILANGAN ELEKTR ENERGIYASI TARIFLAR HISOBI HAQIDA MA’LUMOT


Ijtimoiy me’yor: 200 kVt-soatgacha — 600 so‘m

201 kVt-soatdan 500 kVt-soatgacha — 800 so‘m

501 kVt-soatdan 1000 kVt-soatgacha — 1000 so‘m

1001 kVt-soatdan 5000 kVt-soatgacha — 1500 so‘m

5001 kVt-soatdan 10 000 kVt-soatgacha — 1750 so‘m

10 001 kVt-soat va undan yuqori — 2000 so‘m.


Yoshlar kundaligi