Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.87K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Navro‘z mahallasi fuqarolari uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Navro‘z mahallasida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i M. Sottiyev, Xalq qabulxonasi vakillari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi hamda murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek, qabullar jarayonida fuqarolarning ijtimoiy himoyasi, kommunal xizmatlar, yo‘l, ichimlik suvi, bandlik, sog‘liqni saqlash kabi yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita mutasaddilar tomonidan javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Nurafshon shahrida aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan “Sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida Nurafshon shahri markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasida aholi uchun keng ko‘lamli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Respublika klinikalarida faoliyat yuritayotgan yetuk mutaxassis-shifokorlar ishtirok etdi. Ular yurak-qon tomir kasalliklari, endokrin tizim, onkologiya, bolalar salomatligi, terapiya, oftalmologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha fuqarolarni ko‘zdan kechirdi.

Ko‘rik davomida aholining sog‘lig‘i bo‘yicha dastlabki tashxislar qo‘yilib, zaruratga ko‘ra chuqurlashtirilgan tekshiruvlarga yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tibbiy ko‘riklar aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kasalliklarning erta aniqlanishi va profilaktikaga alohida e’tibor qaratishni ko‘zda tutgan holda tashkil etildi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahrida fuqarolar yig‘ini raislari saylovi boshlandi

📆 Ertaga 03.05.2025yil. soat 16:00da Nurafshon shahridagi Yoshlar markazi binosida (Birlik MFY Toshkent yo'li ko‘chasi 74-uy ) “Birlik” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.

👉Ushbu jarayon mahalla hayotida faol ishtirok etish, o‘z hududi uchun masʼul rahbarni tanlash imkonini beradi.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va taraqqiyotini belgilovchi yetakchi shaxsdir. Shu sababli, “Birlik” mahallasi aholisini saylovda faol qatnashishga chaqiramiz.


👍 Barchangizni faollik va masʼuliyat bilan saylovda ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

#Nurafshon #Saylov2025 #MahallaRaisi #FuqarolikBurchi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik

Obodonlashtirish boshqarmasiga yangi texnikalar ajratildi

Bugun Nurafshon shahrida viloyatimiz shahar va tumanlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalariga ajratilgan yangi texnikalar topshirildi.

Yangi texnikalar shahar joylarida sug‘orish va suv purkashga ixtisoslashgan bo‘lib, "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida ekilgan mevali va manzarali ko‘chatlarni parvarishlashda foydalaniladi.

Bu turdagi texnikalarning avvalgilaridan farqi qulay va ixchamligi bo‘lib, ikki tonnadan ziyon hajmdagi suvni sig‘diradi. Yo‘laklar, tor ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atroflarida erkin manevr qila oladi, boshqarishga qulay va turli noqulay sharoitlarga ham ishlashga moslashtirish ham mumkin.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshonda yangi transformatorlar ishga tushirildi

"Obod turmush" va "Navro‘z" mahallalarida elektr energiyasi sifatini yaxshilash maqsadida shahar elektr ta'minoti xodimlari tomonidan yangi transformatorlar o‘rnatilib, ishga tushirildi.

Natijada aholi sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Yoshlar bandligi bo‘yicha amaliy uchrashuv: muammo va yechimlar bir joyda

Yoshlik mahallasi binosida Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida o'ziga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan navbatdagi amaliy uchrashuv tashkil etildi. Unda yoshlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Har bir yoshning sharoiti o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha individual “yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

Natijada 4 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi, ayrimlari kasb-hunar o‘quv markazlariga yo‘naltirildi. Qolgan murojaatlar esa tegishli mutasaddilarga yetkazilib, ijrosi nazoratga olindi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning bandligi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥2