Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.9K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar #5Tashabbus_Voleybol #IIB_kubogi

Nurafshonda “IIB kubogi” uchun voleybol musobaqasining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahrida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida voleybol bo‘yicha shahar bosqichi musobaqasi o‘tkazildi. Unda 16-21 hamda 22-30 yosh toifasidagi yoshlar jamoalari ishtirok etib, “IIB kubogi” uchun o‘zaro kuch sinashishdi.

Mazkur sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi. Musobaqalar jarayoni yuqori kayfiyatda, sportga xos halollik va do‘stona muhitda kechdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Tashabbusli byudjet – 2024: G‘olib loyiha amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi

Nurafshon shahridagi Barkamol avlod bolalar maktabi “Tashabbusli byudjet – 2024” tanlovida g‘olib deb topildi. Ushbu tashabbus doirasida ajratilgan 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ evaziga qator muhim ishlar amalga oshirildi.

Loyiha asosida maktab hududida qo‘shimcha o‘quv binosi qurilib, mavjud bino kapital ta’mirlandi. Shuningdek, ta’lim jarayonini zamonaviylashtirish maqsadida 5 ta elektron doska, 15 ta kompyuter, 5 ta tikuv mashinasi, robototexnika to‘plamlari va ovoz yozish studiyasi uchun zamonaviy jihozlar xarid qilindi.

Mazkur loyiha Barkamol avlod maktabining moddiy-texnik bazasini mustahkamlab, bolalarning iqtidorini yuzaga chiqarishda, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3
Yozgi oromgohlarda xavfsizlik - bolalarimiz xotirjamligi!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍2
Hurmatli sportsevar yoshlar!

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalariga roʻyhatdan oʻtishga start berilmoqda.
 

Bugun soat 17:00 dan boshlab, olimpiya sport turlari bo‘yicha davlat sport ta’lim muassasalari sportchilari bilan birgalikda tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullantirish xizmatini ko‘rsatadigan yuridik va jismoniy shahslarning sport tayyorgarligiga ega bo‘lgan sportchilari (15-17 yosh 2008-2010 yillar) o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalariga erp.sport.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tishga start berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
Bobur hamda Toshkent yo‘li ko‘chalarida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu hududlarda tozalash, daraxtlarni parvarishlash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #YashilMakondaHayot #BoburKo‘chasi #ToshkentYo‘li #TozaShahar #Go‘zalManzara #ShaharTaraqqiyoti
👍1