Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#eʼtirof
🎖 Ibratli oila – e’tirof va rag‘batga loyiq hayot namunasi


🗓 2025-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Nurafshon shahridagi 9 nafar oila jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish, farzand tarbiyasida mas’uliyat, mehr-oqibat va oila qadriyatlariga sadoqat bilan yondashayotgani uchun “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉 Taqdirlash marosimi Nurafshon shahar hokimligi tomonidan tantanali tarzda tashkil etildi. Faxriy nishonlar va rag‘batlantiruvchi sovg‘alarni shahar hokimi Ilxom Klichxanov o‘z qo‘li bilan topshirdi.

🏅 Har bir oila nafaqat faxriy “Ibratli oila” ko‘krak nishoni, balki pul mukofoti bilan ham taqdirlandi. Bu – ularning mehr, sabr va sadoqat asosidagi hayotiy yo‘liga berilgan yuksak e’tirofdir.

📸 Tadbirda taqdirlangan oilalarning ko‘zlarida faxr va quvonch aks etdi. Bu iliq daqiqalar oilaviy qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor ifodasi bo‘ldi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍8
🏅 Besh tashabbus Paralimpiadasi — imkoniyatlar tengligi sari

Nurafshon shahar sport maktabida “Besh tashabbus Paralimpiadasi”ning 2025-yilgi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada nogironligi bo‘lgan yoshlar adaptiv sport yo‘nalishlarida o‘z iqtidor va kuch-g‘ayratlarini namoyon etishdi.

🏆 Nurafshonlik yoshlarimiz natijalari:

🥇 Aminov Ravshanjon — “Surdopara badminton” (1-o‘rin)
🥈 Baratov Jamoliddin — “Armrestling” chap qo‘l (2-o‘rin)
🥈 Eraliyev Azimjon — “Parabandminton” o‘g‘il bolalar (2-o‘rin)
🥈 Ahmedova Nilufar — “Parabandminton” qiz bolalar (2-o‘rin)
🥇 Sultonova Nursuluv — “Zaif ko‘ruvchilar” qiz bolalar (1-o‘rin)

Bu yoshlar — irodasi, mehnati va qat’iyati bilan barchaga namunadir. Ularning ishtiroki nafaqat sport yutug‘i, balki jamiyatdagi teng imkoniyatlar yo‘lida muhim qadamlardan biridir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🏦 Nurafshonda Agrobank tomonidan faktoring xizmati taqdimoti o‘tkazildi

Agrobank tomonidan Nurafshon shahrida o‘tkazilgan tadbirda bankning yirik to‘qimachilik va don korxonalari, shuningdek, faol tadbirkorlar faktoring xizmati imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Shuningdek, namunaviy faktoring mahsuloti to‘g‘risida ham tushuncha berildi.

Taqdimot davomida faktoringning kechikkan to‘lovlarni tezkor mablag‘ga aylantirishdagi ahamiyati, hujjatlashtirishdagi qulayliklari va biznes likvidligini oshirishdagi o‘rni tushuntirildi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va bank mutaxassislari tomonidan amaliy maslahatlar oldilar.

Agrobank faktoring xizmati tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy barqarorlik va aylanma mablag‘larni samarali boshqarish imkonini yaratmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎖 “Ibratli oila” – mehr va sadoqatga e’tirof!

Nurafshon shahridagi 9 ta oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoni va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bu – oila qadriyatlariga hurmat va mustahkam birlikning yuksak bahosidir.

#IbratliOila #E’tirof #NurafshonYangiliklari #OilaQadriyatlari #TaqdirlashMarosimi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bildirish #mahalla_raisi_saylovi_2025

Nurafshon shahrida Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘ini raislari saylovi bo'lib o'tadi


📆 Bugun 16.05.2025yil. soat 16:00da Nurafshon shahridagi 4-sonli maktabda (Muqimiy MFY Muqimiy ko‘chasi 2-b uy ) “Muqimiy ” mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi saylovi bo‘lib o‘tadi.

👉Ushbu jarayon mahalla hayotida faol ishtirok etish, o‘z hududi uchun masʼul rahbarni tanlash imkonini beradi.

Mahalla raisi — aholi farovonligi va taraqqiyotini belgilovchi yetakchi shaxsdir. Shu sababli, “Muqimiy” mahallasi aholisini saylovda faol qatnashishga chaqiramiz.


👍 Barchangizni faollik va masʼuliyat bilan saylovda ishtirok etishga chaqirib qolamiz!

#Nurafshon #Saylov2025 #MahallaRaisi #FuqarolikBurchi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt