Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!

Joriy yilning 28 may kuni soat 11:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Nurafshon shahar, Toshkent yo'li ko‘chasi 60-uy, "Yoshlar innovatsion markazi" binosida
xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari bo'yicha "Roadshow" taqdimotiga barchangizni taklif qilamiz.

📍 google maps

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

Ma'lumot uchun:
🔵+998 (70) 502-03-81

Bizning ijtimoiy tarmoqlar
Telegram 🌐Website 📸Instagram Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun tug‘ilgan kun

📆Bugun 27-may Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig'i - Isoilov Javohir Fahridinovichning tavallud topgan kuni.

💐 Qutlug‘ sana munosabati bilan Isoilov Javohir Fahridinovichni Nurafshon shahar hokimligi jamoasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

💐Nurafshon shahrining ravnaqi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijobiy yutuqlarni qo'lga kiritishi yo'lidagi xizmatlaringizda omad va ulkan zafarlar yor bo'lsin!

💐Ishlaringizga omad, muvaffaqiyat va baraka berishini, yurtimiz ravnaqi yo‘lida tolmasdan ishlashingizni tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Shahar hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirga shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev raislik qildi.

Yig‘ilishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi vakillari, mahallalardagi hokim yordamchilari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

📊 Kun tartibidan 2025-yilning aprel-may oylarida yaratilgan ish o‘rinlari, chorak yakunlari bo‘yicha erishilgan natijalar va “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining amalga oshirilishi holati o‘rin oldi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlariga doir takliflar muhokama qilinib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Evalak” mahallasiga yangi rais saylandi

Nurafshon shahri “Evalak” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Saylov jarayonida fuqarolar faollik bilan ishtirok etishdi.

Natijalarga ko‘ra, eng ko‘p ovoz to‘plagan Xatamov Abduvoxid XalbayevichEvalak” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Mazkur saylov mahalla boshqaruvida fuqarolarning ishtirokini ta’minlash, ochiqlik va shaffoflik asosida o‘tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt