Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
42.9K photos
3.86K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍1
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 11 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 9 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 30 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 12 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 12 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Diqqat
#Bildirishnoma

Nurafshon shahar elektr ta’minoti xabar qiladi:

f.Degantepa-6kVda avariyani oldini olish maqsadida rejaviy ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan:

📍 Nurafshon shahrining:
Degantepa va Hurriyat mahallalari aholisi va yirik iste’molchilarida,


📍 O'rta Chirchiq tumanining:
Olti o'g'il, Adolat, Obod, Qora qo'yli, Qo'qonovul, Ko'tarma mahallalarida


2025-yil 3-iyun kuni, soat 9:00 dan 17:00 gacha elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar yuzaga keladi.

🔹 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (Dispetcher)

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Nazorat tadbirlari olib borilmoqda

Toshkent viloyati IIBB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nurafshon shahar hududidagi go‘sht do‘konlari hamda savdo ob’ektlarida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlar aholining sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlari bilan taʼminlanishini taʼminlashga, shuningdek bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligini nazorat qilishga qaratilgan.

Bunday nazorat ishlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarning oldini olish va fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida muntazam tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5
Prezident tashabbusi doirasida – 57-maktabda sog‘lom muhit yaratildi

Nurafshon shahridagi 57-umumta’lim maktabida Prezident topshirig‘iga asosan o‘tkazilayotgan “Dolzarb 90 kunlik” doirasi doirasida "Qaldirg‘och" nomli sog‘lomlashtirish oromgohi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur oromgohga shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i F. Sultonov tashrif buyurib, bolalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Tashrif davomida o‘quvchilarning dam olish jarayonlari, jismoniy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtiroki bilan yaqindan tanishildi.

So‘glomlashtirish oromgohiida bolalar uchun quvnoq daqiqalar, jismoniy mashg‘ulotlar va turli o‘yinlar tashkil etildi. Bu esa ularning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Интилиш

💸 ШИРИН ҚАНДАЙ БОЙ БЎЛМОҚДА?

🪡 Нурафшонлик Ширин Абдураимова эндигина 18 ёшга тўлди. Лекин у аллақачон ўз ҳунари ортидан уйига ҳар ойда беш миллионга яқин даромат олиб киради. Ёшлар таянч банкидан олинган имтиёзли кредит ишларни юриштириб юборди.

☑️Ҳозирда уни икки нафар шогирти бор. Келгусида уларни сонини янада кўпайтирмоқчи.

😉 Ҳунар яхши нарсада, ҳам кўнглинг тўлади, ҳам чўнтагинг.


📍 Нурафшон шаҳри, Деҳқонобод МФЙ.

💬Telegram  🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Nurafshon shahrida obodonlashtirish ishlari nazoratga olindi

Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov boshchiligida shahar rahbarlari ishtirokida shahardagi obodonlashtirish va sanitariya holati bo‘yicha joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida markaziy ko‘chalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning savdo nuqtalari, ularning atrofi va tashqi ko‘rinishi, sanitariya holati hamda belgilangan tartiblarga amal qilinishi o‘rganildi.

Qonun talablariga zid tarzda faoliyat yuritayotgan ayrim tadbirkorlar qat’iy ogohlantirildi. Shu bilan birga, ruxsatsiz qurilgan va belgilangan me’yorlarga to‘g‘ri kelmaydigan turli qurilmalar, soyabonlar hamda qo‘shimcha qo‘yilgan jihozlar olib tashlandi.

Mazkur nazorat ishlari shahar obodligini ta’minlash, tartib-intizomni mustahkamlash va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

➡️ Tadbirkorlardan savdo faoliyatini faqat do‘kon ichida amalga oshirish, mahsulotlarini ko‘cha yoki trotuarlarga chiqarib qo‘ymaslik so‘raladi.
👍5