Nurafshon shahri hokimligi
2.26K subscribers
37.6K photos
3.44K videos
49 files
11K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida “Dolzarb 90 kunlik” doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tili mazmunli o‘tmoqda

“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida Nurafshon shahridagi barcha maktablarda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.

Ta’lim, sport, ijod va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar bilan bir qatorda o‘quvchilar kasb-hunarga yo‘naltirilib, amaliy mashg‘ulotlar ham yo‘lga qo‘yilgan.

Maktablarda sport, tasviriy san’at, kompyuter savodxonligi, robototexnika, musiqa va teatr yo‘nalishlarida turli to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Bu esa yoshlarning qiziqishini oshirib, bo‘sh vaqtini foydali o‘tkazishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahar tibbiyot birlashmasi tavsiyasi:

Sog‘lom turmush tarzi – kuchli immunitet, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va ruhiy xotirjamlik garovi.
O‘z salomatligingiz o‘z qo‘lingizda!

#SoglomHayot #Profilaktika #NurafshonTibbiyot #Tavsiyalar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

2025-yil 13-iyun kuni N/S O‘rtachirchiq 110/35/6 kV F, R, Qorasuv 6 kV tarmog‘ida avariyani oldini olish maqsadida ta’mirlash ishlari olib boriladi.


Shu munosabat bilan 13-iyun kuni soat 13:00 dan 15:00 gacha quyidagi hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin:

Nurafshon shahrining:

Dehqonobod MFY Dehqonobod ko‘chasi
Oybek MFY M.Ulug‘bek, Sport, Istirohat, X. Mirzayev ko‘chalari
Obod turmush;
Qumariq;
Muqimiy;
To'y tepa MFY To'y tepa va Mash’al ko‘chalari
Evalak MFY Shijoat ko‘chasi
Navro‘z MFY

O‘rta Chirchiq tumanining:
Qorasuv;
Galabotir mahallalari

📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filiali oldindan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida yirik qurilish obyektlari holati o‘rganildi

Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov shaharda olib borilayotgan qurilish ishlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida “ZHONG TUO” MCHJ tomonidan Xitoy investitsiyasi asosida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy majmuasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi binosi qurilishi bilan tanishildi.

Hokim obyektlardagi ish jarayoni, qurilish me’yorlariga amal qilinishi, yong‘in xavfsizligi choralarining ko‘rilganligi va qurilish materiallarining sifati bilan bevosita tanishdi. Mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tashrif davomida qurilishdagi ayrim taklif va ehtiyojlar ham tinglanib, ularni hal qilish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM