Nurafshon shahri hokimligi
2.27K subscribers
37.8K photos
3.44K videos
49 files
11.1K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahar
#Marifat_MFY

Nurafshon shahri “Ma’rifat” mahalla fuqarolar yig‘inida tungi vaqtlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda aholiga qulaylik yaratish maqsadida ichki ko‘chalarga quyosh energiyasidan quvvat oluvchi yoritish chiroqlari o‘rnatilmoqda.

Ushbu ishlar Nurafshon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Loyihadan ko‘zlangan maqsad – mahalla hududini yorug‘ va xavfsiz qilish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etishdir.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#diqqat
#bildirish

“Ishga marhamat!” – Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi


Nurafshon shahri hokimligi, prokuraturasi, Ichki ishlar bo‘limi, Davlat soliq inspeksiyasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Mehnat yarmarkasida ishsiz fuqarolar, jumladan, ish izlayotgan yoshlar, xotin-qizlar va probatsiya ro‘yxatida turgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Tadbirda ishtirokchilar shaharda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot olish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📅 Tadbir vaqti: 2025-yil 19-iyun, soat 09:00
📍 Manzil: Chig‘iriq MFY, 19-sonli maktab binosi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar 13-umumiy o'rta ta’lim maktabida kasb-hunar ta’limi yakuniy imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahri 13-umumiy o'rta ta’lim maktabida kasb-hunar yo‘nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi o‘quvchilar uchun yakuniy imtihonlar tashkil etildi. Imtihonlar o‘quvchilarning tanlagan kasb yo‘nalishi bo‘yicha olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, ularning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

📝 Jarayon belgilangan tartib va shaffoflik tamoyillari asosida o‘tkazilib, unda malakali mutaxassislar, maktab rahbariyati va Nurafshon shahar  kasbiy ko‘nikmalar markazi vakillari ishtirok etdi.

📚 Ushbu imtihonlar o‘quvchilarning kasbga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularni mehnat bozoriga munosib tayyorlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилояти Паркент туманига ташриф буюриб, туризм, транспорт ва қишлоқ хўжалиги соҳаларида амалга оширилаётган ишлар ва истиқболли лойиҳалар билан танишади. Давлатимиз раҳбари "Тошкент-Шарқий" аэропортидаги қурилишнинг боришини ҳам кўздан кечиради.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Паркентский район Ташкентской области, где ознакомится с проводимой работой и перспективными проектами в сферах туризма, транспорта и сельского хозяйства. Глава государства также осмотрит строительные работы в аэропорту "Ташкент-Восточный".

Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Паркент туманига ташриф буюриб, “Паркентсой” турар-жой массивининг қурилиши билан танишди. Шу ерда туманни янада ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича тақдимот ҳамда паркентлик фаоллар билан мулоқот бўлиб ўтди.

Прибыв в Паркентский район, Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился со строительством жилого массива "Паркентсой". Здесь же состоялись презентация о мерах перспективного развития и диалог с активом района.

#Mirziyoyev #tanishuv #Parkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X