Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.7K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
Ипотека кредитлари бўйича субсидияга аризалар қабул қилиш 10 июлдан бошланади

2025 йил учун белгиланган мақсадли кўрсаткичлар доирасида ипотека кредитлари бўйича субсидия хабарномаларининг фойдаланилмаган қисми ҳисобидан аризалар 2025 йил 10 июль куни соат 09:00 дан бошлаб қабул қилинади.

Субсидия олиш:

Давлат хизматлари марказларига бевосита мурожаат қилиш орқали
электрон тарзда my.gov.uz портали орқали амалга оширилади.

Ариза берувчи ва унинг яқин қариндошларининг (бунда яқин қариндошлар аризада кўрсатилган ҳолларда) ўртача даромад миқдори қуйидаги чегараларда бўлиши зарур:

Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда 3,12 млн сўмдан – 9,24 млн сўмгача;
Тошкент шаҳрида 3,12 млн сўмдан – 10,63 млн сўмгача.


Расмий каналига обуна бўлинг!📌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Millat Fidoyilari” Monumenti Poyida – Ma’naviy Yod va Tarixiy Ehtirom

2025-yil 4-iyul kuni O‘rta Chirchiq tumani hamda Nurafshon shahri nuroniylari, ziyolilari va faol yoshlari ishtirokida poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga ma’naviy-ma’rifiy ekskursiya tashkil etildi.

Tashrif davomida ishtirokchilar “Millat fidoyilari” monumentini tomosha qilib, xalqimiz ozodligi, yurt ravnaqi yo‘lida hayotini fido qilgan mard va jasur yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Ekskursiya davomida tarixiy voqealarning mohiyati, o‘zbek xalqining jasorati va mardligi, shuningdek, fidoyilik ruhining bugungi kunda yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilarida Vatanga sadoqat, tarixga hurmat va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

✍️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O’rta Chirchiq tuman bo’linmasi
👍2
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni
3-kun


🇺🇿 “Ma’rifat va saxovat” karvoni o‘zining navbatdagi manzillariga yo‘l oldi. Bu safar Nurafshon shahrining Taraqqiyot, Obod, To‘y tepa va Uchqun mahallalarida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi.

🤝 Karvon ishtirokchilari tomonidan ushbu xonadonlarga zaruriy yordam ko‘rsatilib, ularning dardu tashvishlariga befarq bo‘lmaslik namoyon etildi.

🎁 Yordam sifatida birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, dori-darmonlar, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, sifatli choyshab va sochiqlar, hamda o‘zbek adabiyotining sara namunalaridan iborat kitoblar topshirildi.

📚 Ushbu xayrli tashabbusning bosh maqsadi — mehr-muruvvat fazilatlarini keng yoyish, jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash hamda insonlar qalbida ma’naviy yuksalish ruhini uyg‘otishdan iborat.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍2
#Ma’rifat_Saxovat_Karvoni
3-kun

🧺 Ehtiyojmand oilalarga birinchi tibbiy yordam to‘plamlari, gigiyena vositalari, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv anjomlari, choyshab va sochiqlar, shuningdek, o‘zbek adabiyoti kitoblari topshirildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📍 Nurafshonda navbatdagi sayyor qabul

"Evalak" mahallasi aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Muammolar tinglandi
Joyida yechimlar topildi
Qolgan murojaatlar nazoratga olindi

Fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va maishiy masalalari bevosita mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.

🤝 Muloqot davom etadi!

#NurafshonYangiliklari #SayyorQabul #FuqarolarE’tiborida #XalqXizmatida #EvalakMahallasi

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍3