Nurafshon shahri hokimligi
3.16K subscribers
48.1K photos
4.69K videos
63 files
13.8K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚠️ “Haj” va “Umra” tadbirlarini noqonuniy tarzda tashkil etayotganlarga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rilmoqda

📼 Batafsil videorolikda

🌙 Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Axborot xizmati:
https://t.me/DinQumita/6472

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍1
Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida yoshlar uchun harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbir o‘tkazildi

📍 “Dolzarb 90 kun” doirasida Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Nurafshon shahridagi 57-sonli maktab o‘quvchilari uchun keng qamrovli ko‘rgazmali tadbir tashkil etildi.

🔹 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga kamondan otish, harbiy qurol-aslaha va tog‘ tayyorgarligi jihozlari, shuningdek, futbol, turnikda tortilish kabi faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

🐎 Bundan tashqari, Milliy gvardiya Toshkent viloyati chavandozlar maktabi tomonidan ot sportiga qiziqishi yuqori bo‘lgan yoshlar uchun otlarda sayr tashkil etildi.

🎯 Mazkur tadbir yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, harbiy-vatanparvarlik ruhini shakllantirish va sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram You tube Web sayt
👍21
#qurilish
#Nurafshon

Nurafshon shahrida yangi bolalar shifoxonasi qurilishi davom etmoqda

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-dekabrdagi “2024–2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–454-sonli qaroriga asosan, Nurafshon shahri markaziy shifoxonasi hududida 65 o‘rinli zamonaviy bolalar bo‘limi binosi qurilmoqda.

Qurilish ishlari “Zomin Sifat” MChJ pudrat tashkiloti tomonidan olib borilmoqda. Hozirda binoda ichki pardozlash va elektr tarmoqlarini montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

📸 Quyida mazkur obyekt qurilishidan fotolavhalar bilan tanishing:

#Nurafshon #SogliqniSaqlash #YangiLoyiha #BolalarBo‘limi #ZominSifat #QurilishJarayoni #TibbiyotRivoji

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
3👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▫️▫️▫️▫️▫️

📈 “Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanadi


“Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 2-mavsumi 15-iyuldan boshlanib, 31-avgust kuni oxiriga qadar davom etadi.

Bunda:

1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 15-iyul – 3-avgust;
2️⃣ Saralash bosqichi — 4–18-avgust;
3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 19–21-avgust;
4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 22–31-avgust kunlari o‘tkaziladi.

🏆 Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi.

Tashabbusli budjet — bu sizning fikringiz, sizning tanlovingiz va sizning mahallangiz kelajagi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
👍1