Nurafshon shahri hokimligi
3.29K subscribers
43K photos
3.88K videos
53 files
12.2K links
Download Telegram
Nurafshonda mehnat daftarchalarini raqamlashtirish va migratsiya masalalariga bag‘ishlangan seminar hamda kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash va huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida, eng avvalo, fuqarolarning mehnat daftarchalarini raqamlashtirish, ularni tahlil qilish va bandlikka yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda ishsiz, uyda o‘tirgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning mehnat bozoriga jalb etilishi yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.

Shu bilan birga, Mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalla yettiligi a’zolarining yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobotlari tinglandi. Yig‘ilishda migratsiya masalalari alohida muhokama qilinib, xorijga ketgan, ketish istagida bo‘lgan hamda qaytishni rejalashtirayotgan fuqarolar holati bo‘yicha tahlillar taqdim etildi.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, shahar pensiya bo‘limi rahbari, Mahalla uyushmasining shahar bo‘limi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, yoshlar ishlari, ijtimoiy xizmatlar bo‘limlari, soliq inspeksiyasi hamda mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida Yunikon Soft kompaniyasi bilan hamkorlikda joriy etilayotgan raqamli echimlar ham tanishtirildi. Tadbir yakunida ishsizlikni kamaytirish, aholini ijtimoiy faollikka jalb qilish va migratsiya xavflarini kamaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilab olindi.
4
#Diqqat
#Bildirish

"Toshkent suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahri filiali Sizga shuni ma’lum qiladi

📍“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Nurafshon shahar filiali tomonidan Nurafshon, Yoshlik, Yangiobod mahallalarida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilishi sababli, 23-iyul kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha ichimlik suvi ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Aholi ichimlik suvi bilan maxsus suv tashuvchi avtomashinalar orqali ta’minlanadi.

Murojaat uchun telefon: ☎️ (70)762-63-71.

"Toshkent suv ta’minoti" AJ Nurafshon shahri filiali yuzaga  kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1🔥1
#diqqat
#bildirish

Nurafshon shahar elektr ta’minoti sizga shuni ma’lum qiladi:

Obod turmush mahallasida o'rnatilgan yangi transformatorni ishga tushirish munosabati bilan

2025-yil 23-iyul kuni soat 8:30 dan 14:00 gacha Obod turmush mahallasi ko'p qavatli uylarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

📞 Murojaat uchun telefonlar:
☎️ (95) 195-14-60
☎️ (95) 195-14-67 (dispetcher)

Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun “HET” AJ Toshkent hududiy filiali oldindan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
#diqqat
#bildirish

⚡️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 9-sessiyasi 29-iyul kuni soat 09:30 da bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi axborot xizmati.

Telegram /Instagram /Facebook/
👍1
Nurafshon shahri sport maktabida “Muhimi g‘alaba qozonish emas, balki qatnashish!” shiori ostida quvnoq startlar sport musobaqasi o‘tkaziLdi.

Mazkur musobaqa "Dolzarb 90 kun" loyihasi dasturi doirasida tashkil etilgan boʻlib, bunday musobaqalar viloyatimizning barcha hududlarida tashkil etilmoqda.

https://t.me/TOSHVIL_SPORT
1
#deputat_iqtibosi

🖍“Jismoniy faollik har birimizning hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Shu orqali sog‘lom turmush tarziga erishamiz va hayotimiz mazmunli kechadi.”

CHURATAYEVA ALIYA SAXADILLAYEVNA
Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputati, “Nurafshon shahri Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi” mudirining ambulator poliklinika xizmati bo‘yicha o‘rinbosari

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍73
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Master reja asosida Savdo markazi va avtoturargoh qurish uchun yer uchastkasi

Manzil:
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Birlik MFY
Yer umumiy maydoni:
savdo markazi uchun 6,6 gektar,
avtoturargoh uchun 3 gektar
Boshlang‘ich narxi:
savdo markazi 15,6 mlrd so'm
avtoturargoh: 6,9 mlrd so’m

https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16301855
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=16474900

☎️: +998712022111
☎️:+998992072610

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
1
“Hokimlik soati” – dolzarb masalalar muhokamasida

📍 Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov raisligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar korxona va tashkilotlari rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda hokimlik apparati xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida quyidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi:
🔹 Xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish va eksport prognozining bajarilishi,
🔹 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar,
🔹 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish holatlari,
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 34 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib tarzda o‘tkazish masalasi,
🔹 Maqbulashtirilgan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Mahalla yettiligi” vakillarining bandligini ta’minlash,
🔹 “Zamonaviy mahalla markazlari”ni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar.


📝 Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍4👎1