Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Taraqqiyot” mahallasida sayyor qabul

Aholining muammolari tinglandi, ayrim murojaatlar joyida hal etildi.
👥 Ochiq muloqotda shahar hokimi, IIB, prokuratura va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

#SayyorQabul #TaraqqiyotMahallasi #Nurafshon #OchiqMuloqot #FuqarolarEshitiladi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4
Nurafshon faxri — Mirjalol Komilov jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

🇵🇹Portugaliyaning Montemor-o-Velyu shahrida bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 toifasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 64 davlatidan kuchli sportchilar ishtirok etib, kuch sinashdilar. O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani 2 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunlab, jahon arenalarida yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etdi.

Faxrli jihati shundaki, ushbu kumush medallardan birini Nurafshon shahri o‘g‘loni, U23 toifasida ishtirok etgan Mirjalol Komilov C-2 yo‘nalishida qo‘lga kiritdi. U jahonning eng kuchli sportchilari bilan bellashib, kuchli ikkinchi o‘rinni egalladi va milliy bayrog‘imizni xalqaro maydonda yana bir bor baland ko‘tardi.

Nurafshonlik Mirjalol Komilovning ushbu yutug‘i nafaqat shahrimiz, balki butun yurtimiz sporti tarixida muhim voqea bo‘lib qoladi.
👍17🔥32
#Diqqat
#Bildirish

"Nurafshonshahargaz" GTB Sizga shuni ma’lum qiladi

“O‘rtachirchiqtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2025-yil 1-avgust kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

📍 Nurafshon shahri:

Qumariq mahallasi
Evalak mahallasi
Dehqonobod mahallasi

Ushbu hududlarda joylashgan 1 055 ta xonadon va 2 ta yirik (ulgurji) iste’molchi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi.

📞 Savollar yuzasidan murojaat uchun:
☎️ 104 yoki 📱 (99) 004-81-04

"Nurafshon shahar gaz" gaz ta’minoti yuzaga kelgan noqulayliklar uchun aholidan uzr so‘raydi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_27_son

Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!

📝 Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!

➡️
O‘quv soatini youtubedagi https://youtu.be/IDH3dRDX5co sahifamizda tomosha qiling.


Rasmiy sahifalarimiz👇

🚨telegram | 📎Facebook
📺YouTube | 👚Instagram
1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"E-auksion" saytida ro'yxatdan o‘tishda uchrab turadigan holatlar va ularga yechimlar

⚡️Telefon raqamingiz oldin ro'yxatdan o'tgan bo'lsa nima qilish lozim?

⚡️Mavjud kabinetga kirishda parolni qanday tiklasa bo'ladi?

Bu videoda shu kabi muhim savollarga javob topishingiz mumkin!

Batafsil

☎️: +998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
👍1
#Nazorat

Nurafshon shahrida oziq-ovqat sifati nazorat qilinmoqda !!!


"Dolzarb 90 kun" tadbiri doirasida, 2025-yil 2-iyundagi 186-sonli farmoyish ijrosi yuzasidan Nurafshon shahar bozori va savdo obyektlarida profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati IIBB JXX JTSB Karantin guruhi xodimlari veterinariya xizmati va bozor ma’muriyati ishtirok etdi.

Maqsad — botulizm, buzilgan mahsulotlar va muddati o‘tgan tovarlar savdosining oldini olish.

Sotuvchilarga va mas’ullarga oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍2
🎉 #Bugun_Tug‘ilgan_Kun

TABRIKLAYMIZ!

Nurafshon shahri statistika bo‘limi bosh mutaxassisi Zulfiya Abdugaffarovna Sadirdinovani tug‘ilgan kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Hurmatli Zulfiya Abdugaffarovna!
Sizni ushbu quvonchli kun — tavallud ayyomingiz bilan samimiy tabriklab, sog‘lik-salomatlik, tinch va osoyishta hayot, farovonlik hamda doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Shahrimiz ravnaqi, fuqarolar farovonligi va ijtimoiy taraqqiyot yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatingiz har doim e’tirofga sazovor bo‘lsin!
Yutuqlaringiz bardavom, hayotingiz nurafshon, istiqbolingiz porloq bo‘lishini tilaymiz.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
5👍3👏3
#jarayon
#obodonlashtirish

Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan shahar markazida gul ko'chatlari ekilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍4