Nurafshon shahri hokimligi
3.28K subscribers
43.1K photos
3.9K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#Rasmiy

Zoyir Mirzayev Frankfurtda "ODDO" banki rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi


Ayni paytda Germaniyada bo‘lib turgan Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiyamiz a’zolarining amaliy muloqot va uchrashuvlari davom etmoqda.

Jumladan, 170 yillik tarixga ega "ODDO" yetakchi mustaqil Franko-Germaniya bank guruhi mas’ullari bilan muloqotda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muhim loyihalarga investitsiya yo‘naltirish, imkoniyat va istiqbollar borasida fikr almashildi.

Mazkur bankka 1849-yili asos solingan bo‘lib, bosh ofislari Parij va Frankfurt-Maynda joylashgan. Bank tizimida bugungi kunda 3 ming nafardan ziyod xodim faoliyat ko‘rsatadi. Ushbu bank boshqaruvi ostidagi mijoz aktivlari esa 140 milliard yevroni tashkil etadi. Dunyo bo‘ylab 500 dan ziyod filial va maxsus ofislari bor.

Zoyir Mirzayev mazkur bankda xalqaro menejer lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan O‘zbekiston farzandi Islom Iskandarov bilan muloqot qildi. Uning Germaniyadagi nufuzli bankdagi faoliyati, bu yerdagi ilg‘or innovatsion ish uslublari, o‘ziga xos mehnat bozori xususida fikr almashdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 🌐Instagram Faceboo🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
🟢 “SMART CITY KIDS” – Nurafshonda yangi xususiy bog‘cha ochilmoqda

Nurafshon shahrida maktabgacha ta’lim sohasida yana bir muhim tashabbus amalga oshirilmoqda. Yangiobod mahallasida joylashgan, 420 nafar bola sig‘imiga ega “SMART CITY KIDS” nomli yangi xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlash arafasida.

Mazkur zamonaviy muassasa mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ayni paytda ichki jihozlash va so‘nggi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

📍 Bugun Nurafshon shahri hokimi Ilhom Klichxanov ushbu tashkilotga tashrif buyurib, bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, qurilish sifati va ta’lim jarayoni uchun zarur infratuzilmalar bilan tanishdi. Tashrif davomida tadbirkor tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglandi, muassasa faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

🧒 “SMART CITY KIDS” bog‘chasi nafaqat mahalliy aholining talabiga javob beradi, balki ta’lim va tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladigan ilg‘or muassasalardan biriga aylanishi kutilmoqda.

📌 Eslatib o‘tamiz, Nurafshon shahrida maktabgacha ta’lim muassasalari soni yildan-yilga oshib borayotgan bo‘lib, davlat va xususiy sheriklik asosida tashkil etilayotgan bog‘chalar maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
8👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏫 “SMART CITY KIDS” – Nurafshon shahrida yangi zamonaviy bog‘cha!

📍 Yangiobod mahallasida qurilayotgan, 420 o‘rinli xususiy bog‘cha foydalanishga tayyorlanmoqda.

🟢 Shahar hokimi Ilhom Klichxanov muassasaga tashrif buyurib, bolajonlar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi, tadbirkorning fikr-mulohazalarini tingladi.

🎉 Mustaqillikning 34 yilligi arafasida foydalanishga topshiriladi!

👶 Farzandingizga zamonaviy va xavfsiz tarbiya muhitini tanlang!

#Nurafshon #SmartCityKids #YangiBogcha #MaktabgachaTalim #HokimTashrifi #Mustaqillik34

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍75🔥1
🪙 Жамғарилган пенсия миқдорингиз қанчалигини билишни истайсизми?

🗣️ My.gov.uz порталида рўйхатдан ўтган ҳолда меҳнат фаолиятингиз давомида жамғарган пенсия маблағларингиз миқдорини ушбу ҳаволага босиш орқали билиб олишингиз мумкин.

☝️ Маълумот учун: Жамғарилган пенсия маблағларининг давлат пенсия таъминотига алоқаси йўқ ва бу бир марталик Халқ банки томонидан фуқаро пенсия ёшига етиши муносабати билан тўланадиган тўлов ҳисобланади.

___________

🪙 Хотите узнать размер своей накопительной пенсии?

🗣️ Зарегистрировавшись на портале my.gov.uz, вы можете узнать сумму накопленных пенсионных средств за период вашей трудовой деятельности по данной ссылке.

☝️ Для информации: Накопленные пенсионные средства не связаны с государственной пенсионной системой и представляют собой единовременную выплату, осуществляемую Народным банком по достижении гражданином пенсионного возраста.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | Facebook | Instagram |Youtube | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
🟡 Nurafshon yoshlari respublika bosqichida – kuchli uchlikda!

Jizzax viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan stritbol bo‘yicha A liga respublika bosqichida, 16–21 yosh toifasida Nurafshon shahri Nurafshon mahallasi yoshlari faxrli 3-o‘rinni egalladi.

🏀 Bu g‘alaba nafaqat sportchilar, balki ularni tarbiyalagan mahalla, ustozlar va butun Nurafshon shahrining yutug‘idir.

📍Endilikda, ushbu yutuq asosida Nurafshon mahallasida street-workout maydonchasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.

#5Tashabbus #Stritbol #NurafshonYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍31👏1
🕌 Nurafshonda yangi bino qurilishi arafasida ehson tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati binosi qurilishi oldidan savobli va ezgu tadbir bo‘lib o‘tdi. Qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan jonliq so‘yilib, baraka va tinchlik tilab duolar qilindi.

Tadbirda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Toshkent viloyati bosh imom-xatibi D.Ikromov, Nuroniy jamg‘armasi shahar bo‘limi rahbari J.Axmedqulov, shahar bosh imom-xatibi A.Rustamov, shuningdek, shahar nuroniylari va hurmatli hoji otaxonlar ishtirok etib, yaxshi niyatlar ila duoga qo‘l ochdilar.

🕊 Jonliq so‘yilganidan so‘ng uning go‘shti miskinlar va ehtiyojmand oilalarga tarqatildi. Bu esa tadbirga yanada chuqur ijtimoiy-ma’naviy mazmun bag‘ishladi.

📢 Ezgu ishlar ezgu niyatlardan boshlanadi. Bunday xayrli tadbirlar xalqimiz birligini mustahkamlab, ma’naviy qadriyatlarimizni yanada yuksaltiradi.

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
6👍1