Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#live

⭕️Ayni damda Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Umummilliy birdamlik” festivali doirasida katta gala-konsert bo‘lib o‘tmoqda.

Konsert dasturini Nurafshon shahri hokimligining Facebook va YouTube sahifalarida jonli kuzatishingiz mumkin.

👉 Facebook
👉 You tube
1👍1🤝1
#Nurafshon

Nurga to‘lgan Nurafshon

Nurafshon shahrining markaziy ko‘chalari Mustaqilligimizning 34 yilligini munosib nishonlash maqsadida yorqin bayram chiroqlari va rang-barang girlyandalar bilan bezatildi. Ko‘chalarda yaratilgan bayramona muhit shahar aholisiga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, yurtimiz mustaqilligining qadrini yanada chuqur his etishga xizmat qilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
8👍6🔥2👏1
🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝🤝

✔️Kuni kecha Nurafshon shahar Vatanparvar bog’ida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo’limi hamkorligida O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami hamda O’zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligiga bag’ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🔺Unda turli tarmoq kasaba uyushma a’zolari, nuroniylar, madaniyat xodimlari, taniqli aktyorlar hamda estrada yulduzlari ishtirok etdi.

✔️Bayramona tadbirning ochilish qismida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, "Nuroniy" jamgʻarmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari A.Nosirov, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati boʻlimi rahbari R.Sheraliyevlar so’zga chiqib, mamlakatimizda va xususan Toshkent viloyatida amalga oshirayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, istiqlolimizni chin ma’nodagi oliy ne’mat ekanini ta’kidlab o’tdilar va yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

🔺Tadbir davomida mustaqilligimizga va kasaba uyushmalariga oid videoroliklar namoyish etildi hamda sanʼatkorlar ijrosida diltortar musiqalar tadbir qatnashchilarini xushnud etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️
Telegram 🟦Facebook ⬜️Website ▶️YouTube 🟠Instagram
👍2👏1