Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yong‘inlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash va yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan joylarda nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.

Qurilish obyektlari, bozorlar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va boshqa muhim infratuzilmalar yong‘in xavfsizligi qoidalariga muvofiqligi yuzasidan ko‘zdan kechirilmoqda. Yong‘in o‘chirish vositalari, evakuatsiya yo‘llari va elektr tizimlarining holati tekshirilmoqda.

Shuningdek fuqarolarga gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Nurafshon shahrida amalga oshirilgan qurilish ishlari

2025- yilning yanvar-iyul oylarida Nurafshon shahrida jami 587,3 mlrd so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan o‘sish ish sur’ati 113 % ni tashkil etdi.


shu jumladan:

▫️ Yirik qurilish tashkilotlari –55,3 mlrd so‘m

▫️ Kichik va mikrofirmalar – 476,9 mlrd so‘m

▫️ Norasmiy sektor – 55,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.


Rasmiy sahifalar:

| Sayt | Telegram | Facebook | YouTube
2👍1
#shukuh

⚡️Nurafshonlik sog‘liqni saqlash xodimlari Mustaqillik bayramini yuqori saviyada nishonlamoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

«Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilgan tadbirda Nurafshon shahrida mehnat qilayotgan tibbiyot xodimlari, soha faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda 60 nafardan ziyod tibbiyot xodimlarining farzandlariga maktab o‘quv qurollari va sumkalari topshirildi. Shuningdek, Tibbiyot birlashmasida uzoq yillar mobaynida xalqimiz salomatligi yo‘lida astoydil mehnat qilgan 30 nafardan ziyod mehnat faxriylari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Nurafshon shahri kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Nurafshon shahridagi sog‘liqni saqlash muassasalarida bayram shukuhi davom etmoqda.

Телеграм | Youtube | Ok.ru | Instagram | X
2👍2