Nurafshon shahri hokimligi
3.27K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami tantanali nishonlandi

Nurafshon shahri Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida katta madaniy-ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirlari doirasida Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida stol tennisi, shaxmat, shashka va voleybol bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Tantanalarda mahalla faollari, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, mahalla hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar xususida iliq fikrlar bildirildi.

Shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan kuy va qo‘shiqlar ijro etilib, yoshlarga bayramona kayfiyat ulashildi. Tadbir so‘ngida esa doshqozonda mazali osh pishirilib, mehmonlar va mahalla aholisi o‘rtasida tarqatildi.
👍1
Taraqqiyot mahallasida Mustaqillik bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Sport musobaqalari, kuy-qo‘shiqlar, samimiy suhbatlar va doshqozon osh mehmonlarga bayramona kayfiyat ulashdi. 🇺🇿🎉

#Mustaqillik34 #Nurafshon #TaraqqiyotMahallasi #VatanUchun #BayramKayfiyati #YoshlarFaolligi #MahallaHayoti

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1👍1👎1
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Шаҳидлар хотираси хиёбонида қатағон қурбонларини ёд этиш маросимида иштирок этади ҳамда "Янги Ўзбекистон" боғида Мустақиллик монументи пойига гул қўяди.

Кечқурун давлатимиз раҳбари мамлакатимиз мустақиллигининг 34 йиллигига бағишланган байрам тадбирида иштирок этиб, халқимизга табрик билан мурожаат қилади.

Тошкент шаҳридаги бунёдкорлик ишлари билан танишиш ҳам режалаштирилган.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в церемонии поминовения жертв репрессий в аллее "Шахидлар хотираси" и возложит цветы к монументу Независимости в парке "Янги Узбекистон".

Вечером глава государства примет участие в праздничном мероприятии по случаю 34-й годовщины независимости нашей страны и выступит с поздравлением к народу.

Предусматривается также ознакомление с созидательной работой в городе Ташкенте.

Facebook|Instagram|X
1
Taraqqiyot mahallasida jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarori ijrosi yuzasidan mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha mahalla aholisi o‘rtasida jinoyat muhokamalarini o‘tkazish vazifasi belgilangan.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-avgust kuni Nurafshon shahar “Taraqqiyot” MFYda sodir etilgan jinoyat yuzasidan mahalla aholisi o‘rtasida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “Taraqqiyot” mahallasi faollari, ko‘chaboshilar, profilaktika inspektorlari hamda shahar hokimligi mas’ullari ishtirok etib, jinoyatlarning oldini olish, aholining huquqiy ongini va huquqiy madaniyatini oshirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt