Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
#Shukuh

Muazzam maydon uzra chinakam bayramona kayfiyat hukmron.

Bu bayram dasturining tarixiy blokida ayniqsa yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Xususan, elimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar, folklor jamoalarining chiqishlari, sportchilar, quvnoq bolajonlar, tinchligimiz posbonlarining koʻrgazmali namoyishlari barchaga oʻzgacha zavq bagʻishlamoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3
#Mustaqillik_34yil #Mushakbozlik

Nurafshon shahri Amfiteatr majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan bayram tantanalari oʻz nihoyasiga yetdi.

Osmonni mushaklar yogʻdusi porlatdi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐InstagramFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Nurafshonda yangi maishiy xizmat va savdo obyekti foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Nurafshon shahrida zamonaviy maishiy xizmat ko‘rsatish va savdo obyekti foydalanishga topshirildi.

Uch qavatdan iborat mazkur bino aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Birinchi qavatda kiyim-kechak, o‘quv qurollari va bolalar uchun kiyimlar do‘konlari joylashtirilgan. Ikkinchi qavatda ushbu xizmatlardan tashqari sartaroshlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, uchinchi qavatda o‘quv kurslari uchun xonalar tashkil etilgan.

Ochilish marosimida shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar va mahalla faollari ishtirok etib, ushbu maskan aholi uchun yaratilgan qulayliklar haqida fikr bildirishdi.

Mazkur savdo va xizmat ko‘rsatish markazi Nurafshonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin egallashi, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishda keng imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.

Telegram |Facebook
👍3
Mahallalar rivojiga e’tibor – Taraqqiyotda yangi bino ochildi

Mustaqilligimizning shonli 34 yilligi arafasida Nurafshon shahridagi Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev, Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Ochilish marosimi doirasida osh damlanib, aholiga tarqatildi. Tadbirda duolar qilinib, yurtimiz tinchligi, farovon hayotimiz barqarorligi uchun minnatdorlik bildirildi. Ishtirokchilar yurtboshimiz tomonidan mahallalar rivoji yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan mamnun ekanliklarini ta’kidladilar.

Mazkur yangi bino aholiga xizmat ko‘rsatishda yanada qulay sharoitlar yaratib, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt