Nurafshon shahri hokimligi
3.26K subscribers
43.3K photos
3.97K videos
53 files
12.3K links
Download Telegram
E’TIROF

Obodonlashtirish xodimlari e’tirof etildi


O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan shahrimiz ozodaligi va obodligini ta’minlash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan shahar Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari munosib rag‘batlantirildi.

Tantanali marosimda boshqarmaning halol mehnat qilib, shahar rivojiga hissa qo‘shayotgan xodimlariga pul mukofotlari bank plastik kartalariga o‘tkazildi.

Shuningdek, 10 nafar xodimga shahar hokimining tashakkurnomasi topshirildi, eng shijoatli ikki nafar xodim esa velosiped bilan rag‘batlantirildi.

Shahar hokimi o‘rinbosari F. Shomurodov marosimda ishtirok etib, tashakkurnomalar hamda velosipedlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
7👍3👏2
Navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va tezkorlik bilan hal etish maqsadida Taraqqiyot mahallasi binosida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.

Qabulni Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida shahar prokurori T. Karimov, IIB boshlig‘i A. Yuldashev, Soliq inspeksiyasi boshlig‘i J. Sayfiyev, shuningdek hokim o‘rinbosarlari va shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqarolardan moddiy yordam, uy-joy ta’miri, elektr va gaz ta’minoti, ijtimoiy himoya, kadastr va qurilish masalalari, pasport almashtirish, doimiy ishga joylashish hamda kredit olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Murojaatlarning ayrimlari shu joyning o‘zida hal qilindi, qolganlari bo‘yicha esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
#NurafshonTV
#fursat
📍NURAFSHON SHAHRI


NURAFSHON SHAHRI TARAQQIYOT MAHLLASIDA VATAN UCHUN, MILLAT UCHUN, XALQ UCHUN! SHIORI OSTIDA BAYRAM TANTANASI

02.09.2025

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
👍21👏1
“Bekzod Servis 777” BSK kompaniyasi aholi oldida hisobot berdi

Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasi binosida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Bekzod Servis 777” boshqaruv servis kompaniyasi aholi ishtirokida o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berdi.

Tadbirda kompaniya tomonidan 2024-yil 1-sentabr sanasidan hozirgi vaqtga qadar amalga oshirilgan ishlar, aholidan yig‘ilgan tushum mablag‘lari va ularning sarflanishi, shuningdek, ko‘p qavatli uylarda mavjud qarzdorliklar yuzasidan ma’lumot berib o‘tildi.

Aholi tomonidan bildirilgan e’tirozlar tinglanib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyasi bundan buyon muntazam ravishda ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar oldida hisobot berib borishga kelishib olindi.

Hisobot yig‘ilishida shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB rahbari A. Yuldashev hamda shahardagi tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirok etdilar.

Telegram |Facebook | Instagram
👍21