Nurafshon shahri hokimligi
3.21K subscribers
43.6K photos
4.02K videos
60 files
12.4K links
Download Telegram
Profilaktik tadbirlar davom etmoqda!

“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shahar gaz ta’minoti, elektr tarmoqlari korxonasi hamda dudbo‘ronlarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlari tomonidan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Uchrashuvlarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga e’tibor qaratilmoqda.


Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, fuqarolarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, gaz jihozlaridan foydalanish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligida faol ishtirok etishingizni va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishingizni so‘raymiz.

https://t.me/Nurafshonpressa
#️⃣ DIQQAT!
📢 E'LON — FUQAROLAR QABULI

Hurmatli Nurafshon shahri aholisi!

Aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni tezkorlik bilan hal etish maqsadida:

🔹 2025-yil 9-oktabr kuni, soat 10:00 da
🔹 Nurafshon shahri, Oybek mahallasi hududidagi 12-sonli musiqa maktabi binosida
🔹 Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov boshchiligida, shahar tashkilotlari rahbarlari ishtirokida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi.


Agar Sizda murojaat, muammo yoki takliflar bo‘lsa — ushbu qabulda ishtirok eting.

Sizni eshitamiz — birgalikda yechim topamiz!

https://t.me/Nurafshonpressa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Қисқа вақт ичида жадал ривожланиб бораётган нуфузли халқаро тузилмалар қаторига кирган Туркий давлатлар ташкилоти доирасидаги ҳамкорлик мамлакатларимиз умумий тараққиётига, қардош халқларимиз фаровонлигига хизмат қилмоқда.

Сотрудничество в рамках Организации тюркских государств, за короткое время вошедшей в число быстро развивающихся авторитетных международных структур, служит общему развитию наших стран и процветанию наших братских народов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

JAMIYAT RIVOJI UCHUN...

Soliq to‘lash - har birimizning konstitutsiyaviy burchimizdir!


Hurmatli nurafshonliklar!

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 15-oktyabr — jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Iltimos, soliq to‘lovlarini belgilangan muddatda amalga oshiring.
15-oktyabrdan keyin to‘lanmagan soliq summalari uchun penya (jarima) hisoblanadi.

🕐 Vaqtni boy bermang — bugunoq o‘z burchingizni ado eting!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqlar_yurt_tayanchi

🇺🇿Farovon hayot, kuchli davlat va zamonaviy jamiyat – bu har birimiz xohlaydigan istak va talablar.

“Bunday hayotni kim quradi?” degan savol tug‘iladi.
Javob esa juda oddiy: biz o‘zimiz!

Biz kutgan barcha yaxshiliklar o‘zimizdan boshlanadi.

Vijdonan to‘langan soliq — bu faqat majburiyat emas, balki kelajakka qo‘yilgan investitsiya:

🏗 qulay va zamonaviy infratuzilma;
📚 sifatli taʼlim;
🩺 yaxshi tibbiy xizmat va kuchli ijtimoiy himoya;
🌈 xavfsiz va tinch hayot.

Shuning uchun ham farovon kelajak — boshqalardan emas, avvalo o‘zimizdan boshlanadi.

Hurmatli nurafshonliklar!

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 15-oktyabr — jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘ini to‘lashning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Iltimos, soliq to‘lovlarini belgilangan muddatda amalga oshiring.

15-oktyabrdan keyin to‘lanmagan soliq summalari uchun penya (jarima) hisoblanadi.

🕐 Vaqtni boy bermang — bugunoq o‘z burchingizni ado eting!

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#tabrik

🎉 Tug‘ilgan kun muborak, Fazliddin Sadiqovich! 🎉

Bugun Ijtimoiy moslashuv markazi rahbari Yuldashev Fazliddin Sadiqovichning tug‘ilgan kuni!

Fazliddin Sadiqovichni ushbu bayram munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!

Rahbar sifatidagi faoliyatlari nafaqat markazning rivojiga, balki ijtimoiy sohada insonparvar va barqaror yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Sizga sihat-salomatlik, oilaviy hotirjamlik, ish faoliyatingizda yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yangi yoshda yangi zafarlar hamroh bo‘lsin!

Nurafshon shahri hokimi jamoasi nomidan, yana bir bor tabriklaymiz. muborak!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
2👍2👏2
🧹 Nurafshon mahallasida tozalash ishlari amalga oshirildi

Nurafshon shahrı Obodlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Nurafshon mahallasidagi koʻp qavatli uylar oldi hududlarida keng koʻlamli tozalash ishlari olib borildi.

Uy atrofidagi qurilish chiqindilari, yopiq hovli va yoʻlaklar turli chiqindilardan tozalandi, atrof-muhitning husni yanada oshdi. Bunday ishlar aholi uchun yanada qulay va ozoda yashash muhitini yaratishga qaratilgan.

🔄 Obodlashtirish ishlari doimiy ravishda davom ettiriladi.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
🔥2
⚡️Oybek mahallasida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahridagi Oybek mahallasida aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Nurafshon shahri hokimligi tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabulda aholining muammo va kamchiliklar yuzasidan murojaat va takliflari eshitildi.

Mas’ullar har bir murojaatni atroflicha tinglab, yechimi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tushuntirish va huquqiy maslahatlar berdi, o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar mutasaddi idoralarga yo‘naltirildi va qat’iy nazorati ta’minlanishi ma’lum qilindi.

Sayyor qabulda Nurafshon shahri hokimi I.Klichxanov shaxsan ishtirok etdi.

https://t.me/Nurafshonpressa
2
#yurish_marafoni

Nurafshonda tibbiyot xodimlari o‘rtasida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi

Nurafshon shahri sport maktabida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.


Tadbir Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, marafon bilan bir qatorda engil atletika, stol tennisi hamda shaxmat-shashka musobaqalari ham o‘tkazildi.

Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Marafonda shahardagi ko‘plab tibbiyot muassasalari vakillari faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadam masofani bosib o‘tishdi.

Mazkur yurish marafoni nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda, balki xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

https://t.me/Nurafshonpressa
🔥31