#yurish_marafoni
Nurafshonda tibbiyot xodimlari o‘rtasida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi
Nurafshon shahri sport maktabida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi.
Tadbir Kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, marafon bilan bir qatorda engil atletika, stol tennisi hamda shaxmat-shashka musobaqalari ham o‘tkazildi.
Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Marafonda shahardagi ko‘plab tibbiyot muassasalari vakillari faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalish bo‘ylab 5000 qadam masofani bosib o‘tishdi.
Mazkur yurish marafoni nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda, balki xodimlar o‘rtasida ijobiy muhit yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
https://t.me/Nurafshonpressa

🔥3❤1